Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:21

Shotlandiyaliklar mustaqillikka qarshi ovoz berdi


Britaniyadan ajralish borasida Shotlandiyada o‘tgan referendumda shotlandlarning 55 foizdan ortiqrog‘i mustaqillika qarshi ovoz berdi. Mustaqillik g‘oyasini ilgari surgan Shotlandiya Birinchi vaziri Aleks Salmond referendumda yengilganini tan oldi.

Shotlandiyadagi 32 hududda 18 sentabr kuni o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalariga ko‘ra, Britaniyadan mustaqil bo‘lishga qarshi shotland saylovchilarining 55,42 foizi ovoz bergan. Mustaqillik tarafdorlari esa 44, 58 foizni tashkil qildi.

Referendumda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 4 milliondan ortiq odamning 85 foizi ishtirok etdi. Shotlandiyada 2608 saylov uchastkasi 18 sentyabrь kuni ertalab 7dan kechqurungi 10gacha ochiq bo‘ldi.

Shotlandiya mustaqilligi g‘oyasini ilgari surgan Milliy ayrimachilik partiyasi raisi, Shotlandiya Birinchi vaziri Aleks Salmond 19 sentyabrь kuni ovoz berish natijalari e‘lon qilingach, o‘z tarafdorlari mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi.

Aleks Salmond 1 million 600 ming tarafdoriga referendumda mustaqillik uchun ovoz berganiga minnatdorchilik izhor qildi. Mustaqillik uchun Shotlandiyaning 32 hududidan faqat to‘rttasida ko‘pchilik ovoz berildi. Mustaqillik uchun eng ko‘p ovoz berilgan (57,35%) hudud Dandi Siti bo‘ldi. Shotlandiya markazi Edinburgda mustaqillik tarafdorlari deyarli 39 foizni, qarshilar 61 foizdan ko‘proqni tashkil qildi.

Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron Shotlandiyaning mustaqillikka qarshi harakati rahbari Alister Darlingni referendumdagi g‘alaba bilan qutladi.

Devid Kemeron referendum arafasida qilgan chiqishida, agar Shotlandiya 307 yillik ittifoqdan voz kechsa, qayta Britaniya tarkibiga kira olmasligidan ogohlantirgan edi.

XS
SM
MD
LG