Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:22

Bugun yangi iPhone smartfonlari rasman sotuvga chiqadi


Bugun, 19 sentabr kuni Apple shirkati dunyo bo‘ylab o‘nta davlatda yangi iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlarini rasman sotuvga chiqaradi.

Shirkat veb-sahifasida aytilishicha, ikki hafta oldin e‘lon qilingan yangi apparatlar AQSh, Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Gonkong, Yaponiya, Puerto-Riko, Singapur va Buyuk Britaniyadagi Apple Store va rasmiy diler do‘konlarida sotuvga chiqadi.

Shirkatning Nyu-York, London, Sidney va Singapurdagi do‘konlari oldida yangi smartfonlar uchun navbatga turish bir necha kun oldin boshlangan.

Apple 12 sentabr kuni yangi iPhone apparatlariga oldindan onlayn buyurtma berish imkoniyatini ishga tushirgan edi.

Shirkat ma‘lumotida aytilishicha, dastlabki 24 soat ichida 4 million dona apparatga buyurtma tushgan va bu yangi rekord ko‘rsatkichdir.

20ta davlatda, jumladan, Rossiyada yangi iPhone apparatlari 26 sentabrdan boshlab sotuvga chiqadi.

Oldingi versiyalariga solishtirganda ekrani kattaroq bo‘lgan yangi iPhone smartfonlari O‘zbekiston bozoriga qachon chiqishi va qanday narxda bo‘lishi hozircha noma‘lum.

XS
SM
MD
LG