Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:15

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston Bangladeshni 3:0 hisobida mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari guruh bosqichida Bangladeshni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

18 sentabr kuni o‘tgan uchrashuvdagi barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi.

Dastlab “Bunyodkor” klubi hujumchisi Vohid Shodiyev o‘yinning 15 va 21-daqiqalarida dubl ijro etdi.

Uchinchi gol esa yarim himoyachi Sardor Rashidov tarafidan 34-daqiqada kiritildi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida gol urgan o‘yinchilar o‘rniga zahiradagilar maydonga chiqdi va o‘yinda asosan himoya taktikasi qo‘llanildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng bosh murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlari o‘z guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldilar.

O‘zbekiston 22 sentabr kuni Afg‘onistonga qarshi maydonga tushadi.

XS
SM
MD
LG