Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:37

Futbol: O'zbekiston terma jamoasi yirik g'alabaga erishdi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Abu Dabi shahrida o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida BAA terma jamoasini 0:4 hisobida mag'lub etdi.

13 oktabr kuni "Muhammad Bin Zayd" stadionida o'tgan uchrashuv Mirjalol Qosimov shogirdlari ustunligida o'tdi.

O'yindagi birinchi gol 30-daqiqada O'zbekiston milliy terma jamoasi veterani Temur Kapadze tarafidan kiritildi.

Birinchi bo'lim so'nggida esa Qosimov shogirdlari uyushtirigan navbatdagi hujum raqib darvozasiga kiritilgan avtogol bilan yakunlandi. Golga mezbon jamoa himoyachisi Muhammad G'arib mualliflik qildi.

Ikkinchi bo'limning 86-daqiqasida O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov hisobni 0:3 ga o'zgartirdi.

O'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Navro'z Olimov jarima maydonchasi tashqarisidan turib raqib darvozasini aniq nishonga oldi. O'yin 0:4 hisobida O'zbekiston foydasiga yakunlandi.

Eslatamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bungacha, 6 oktabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. 10 oktabr kuni Dubayda Bahrayn terma jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida esa hisob ochilmagan edi – 0:0.

XS
SM
MD
LG