Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:52

Sobiq militsiya xodimi sodir etgan avtohalokatda bir kishi o‘ldi


O‘zbekistondagi avariyalar yo‘l nosozligi bois sodir bo‘lgani aytiladi.
O‘zbekistondagi avariyalar yo‘l nosozligi bois sodir bo‘lgani aytiladi.

19 oktabr kuni Surxondaryoning Termiz tumanida sodir bo‘lgan avtohalokatda 29 yashar Nuriddin Toshboyev halok bo‘ldi. Voqea guvohlariga ko‘ra, avariya sababchisi bo‘lgan Toyota haydovchisi o‘zining militsiyada ishlashini pesh qilib javobgarlikdan qutilishga uringan.

Mazkur avariya yo‘l qoidasiga zid tarzda¸ qarama - qarshi yo‘ldan kelayotgan Toyota mashinasining Matizga urilishi oqibatida kelib chiqqan.

Voqea guvohlariining Ozodlikka aytishicha, Toyota haydovchisi o‘zining viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ishlashini iddao qilishdi.

Termiz tuman IIB xodimlari voqea bayonnomasida Toyota haydovchisi hech qayerda ishlamaydigan shaxs deya yozilganini aytishdi.

Bir kishi o‘limiga olib kelgan avtohalokat tafsilotlarini Ozodlikning Respublika huquq-tartibot idoralaridagi manbasi gapirib berdi.

Manbaning aytishicha¸ voqea 19 oktyabr kechasi Termiz tumanida sodir bo‘lgan:

“Qarama qarshi kelayotgan Matiz avtomobili Toyota rusumli mashina bilan to‘qnashgan. Matiz haydovchisi 1985 yil tug‘ilgan Toshboyev Nuriddin avariya oqibatida jiddiy jarohat oldi va o‘sha kunning o‘zidayoq kasalxonada jon berdi. Matiz mashinasidagi qolgan to‘rt yo‘lovchi jiddiy yaralandi. DTP (Yo‘l transport hodisasi- tahr.) sababchisi sifatida ko‘rilayotgan Toyota avtomobilini Termiz tumani Namuna qishlog‘i yashovchisi 1967 yilda tug‘ilgan Shodiyev Bahtiyor boshqargan.”

Voqea guvohlarining aytishicha¸ Bahtiyor Shodiyev mast holda Toyota avtomobilini boshqargan va qandaydir hujjatni ko‘rsatib “Men GAIda ishlayman¸ menga hech kim hech narsa qila olmaydi” deya voqea joyini namoyishkorona tark qilgan.

Surxondaryo viloyat yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi xodimlari esa Bahtiyor Shodiyev ismli shaxs ularning shtat jadvalida mavjud emasligini ta‘kidlashdi.

Ayni paytda Ozodlik manbalari Bahtiyor Shodiyevning ilgari militsiyada ishlaganligini bildirishdi.

Hozirda mazkur avtohalokat yuzasidan Termiz tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari surishtiruv olib bormoqda.

Voqea guvohlari avariya sodir bo‘lgan yo‘lning yaroqsizligini ham hodisa sabablaridan biri o‘laroq keltirishdi.

Bundan bir oy oldin ayni voqea sodir bo‘lgan Qarshi- Shahrisabz yo‘lida Shahrisabz tumani Duxchi qishlog‘idagi kasb-hunar kollejining Muborak tumaniga paxtaga safarbar qilingan direktori Ibodulla Boboyev avtohalokatda nobud bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG