Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:14

Tennis: Istomin oltinchi bor Federerga mag‘lub bo‘ldi


O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shvetsariyada o‘tayotgan turnirning ikkinchi bosqichida dunyoning ikkinchi raketkasi Rojer Federerga imkoniyatni boy berdi.

Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv uch set davom etib, 3:6, 6;3, 6:4 hisobida turnir mezboni Federer foydasiga yakunlandi.

Denis Istomin shu kungacha dunyoning sobiq birinchi raketkasi Rojer Federerga qarshi besh marta kortga tushib, barchasida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Onasi Klaudiya Istomina murabbiyligi ostida faoliyat yurituvchi o‘zbekistonlik tennischi ayni damda ATP jahon reytingida 55 pog‘onada bormoqda.

XS
SM
MD
LG