Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:50

O‘zbekiston FIFA reytingida 7 pog‘ona pastladi


FIFAning oktabr oyi reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 7 o‘rin pastlab, 65-pog‘onani egalladi.

Umumiy reytingdagi pastlashga qaramay, O‘zbekiston Osiyoning uchinchi jamoasi nomini o‘zida saqlab qoldi. Qit‘a reytingining birinchi pog‘onasini Eron, ikkinchi pog‘onasini Yaponiya egallagan.

Jahon reytingining birinchi uchtaligi o‘zgarishsiz qoldi - birinchi Germaniya, ikkinchi Argentina va uchinchi Kolumbiya.

Mintaqada esa O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Bu safar ham qo‘shni mamlakatlarga FIFA reytingining birinchi yuztaligiga kirish nasib etmadi - Qozog‘iston 132, Tojikiston 134, Turkmaniston 138, Qirg‘iziston esa 158-chi o‘rinda.

XS
SM
MD
LG