Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:34

Apple shirkatining ilk kompyuter modeli qariyb 1 million dollarga sotildi


Apple shirkatining ilk yig‘ma ko‘rinishdagi kompyuterlaridan biri Nyu-Yorkdagi kimoshdi savdosida 905 ming dollarga sotildi.

"Bonhams" auksion uyi tarafidan sotilgan ushbu kompyuter egalarining aytishicha, 500 ming dollargacha baholanishi taxmin qilingan lotning narxi qariyb bir millionga chiqishi ular uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi.

Apple-1 markasidagi ushbu kompyuter 1976-yilda "tishlangan olma" shirkati asoschilaridan biri Stiv Voznyak tomonidan tayyorlangan ilk yig'ma ko'rinishdagi kompyuterlardan biridir.

Appleнинг илк компютер модели ким ошди савдосида сотилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:51 0:00

Ular shirkatning yana bir asoschisi, iPhone va iPad qurilmalarinining asosiy maullifi bo'lmish Stiv Jobsning ota-onasiga tegishli uy garajida yig‘ilgan.

Apple shirkati tarafidan qurilgan ilk Apple-1 kompyuterlari avvallari ham kim oshdi savdosiga qo'yilgan. 2012 yilda shunday kompyuterlardan biri 375 ming AQSh dollariga sotilgan edi.

XS
SM
MD
LG