Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:37

Qo‘qonlik oila fohishalarni ketmon sopi bilan urib "samosud" qildi


Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbeklarning “gunohkorlarni” o‘zlaricha jazolayotgani aks etgan yangi-yangi videolar chiqmoqda. Bu videolarda o‘g‘irlik qilganida qo‘lga tushirilib kaltaklanayotgan¸ “fohisha” yoki “gey” degan tavqi la‘natga uchrab ko‘chada yalang‘och sazoyi qilinayotgan o‘zbeklar aks etgan. “O‘zbekcha samosud” tarzidagi bu videolardan navbatdagisi 14 noyabr kuni internetdagi youtube portaliga o‘zini Ulug‘bek Ahmedov deb nomlagan yuzer tarafidan yuklandi. Videoda farg‘onalik amakining ikki qizni boylab qo‘yib ketmon dastasi bilan do‘pposlagani aks etgan.

14 noyabr kuni Youtube portaliga yuklangan yangi videotasvirdan anglashilicha¸ o‘zbek amaki o‘z mahallasiga fohishalik maqsadida kelgan ikki qizni ushlab olib “jazo” beradi.

Videoni tomosha qilgan farg‘onalik Bekpo‘lat Ahmedovning Ozodlik bilan suhbatda ta‘kidlashicha¸ voqea Qo‘qon yaqinidagi qishloqlardan birida joriy yil sentyabr boshlarida yuz bergan.

- Qo‘qonda Babushkina degan mavze bor¸ o‘sha mavzeda qo‘shmachi ayollar va uyiga qizlarni yig‘ib fohishaxona tashkil qilgan mama Rozalar bor. Bu ikki qiz Babushkinadan chiqib Qo‘qon yaqinidagi qishloqqa “gastrol” ga borganda ushlab olingan. Militsiyaning o‘zi bularga krisha bo‘lgani uchun odamlarni o‘zi jazo berayapti¸ deydi suhbatdosh.

Video 55 yoshlardagi farg‘onalik amakining ikki qizni arqon bilan bog‘lagashi sahnasi bilan boshlanadi. Video davomida amaki qizlarni “guldek oilalarni buzganlik” va “fohishalik”da ayblab¸ uyat so‘zlar bilan so‘kadi.

So‘kish asnosida amaki qizlarni ketmon sopi bilan qattiq-qattiq savalaydi va o‘ldirish bilan tahdid qiladi.

Video tasvirda ko‘rinish bergan lozimli ayol ham bu ikki “asirani” amakiga qo‘shilib taxqirlaydi.

Orqa fondagi ovozlaridan tushunilishicha¸ bu ikki qiz mahallaga hijob kiyib kelishgan va ovloqda hijobni yechishgan. Ana shundan keyin ular samosud uyushtirayotgan erkakning qarindoshi bilan (videoyozuvdagi gaplardan urayotganlarga bu yigitning aynan kim ekanini aniqlab bo‘lmadi) “maishat qilamiz¸ aroq va pivo olib qo‘yinglar” deb telefonda til biriktirishgan.

Kaltaklayotgan erkakning o‘g‘li ekani anglashiladigan Munavvarxon esa¸ ayon bo‘lishicha¸ bu so‘zlashuv va qizlarning ovloq joyga kelganini telefoniga yozib olgan.

Shu asnoda pistirmaga tushgan qizlar o‘zini "adolat va axloq posboni" sifatida tutayotgan erkak tomonidan asir olingan¸ qo‘li bog‘lanib samosud nishoniga aylangan:

- Men sizlarni o‘ldirib dashtga olib borib ko‘mib tashlayman¸ mayli bu ishim uchun militsiya ushlab ketsa ham roziman, deydi darg‘azab amaki videotasvirda.

Farg‘onalik amakining bu qilmishi O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 104-moddasi ya‘ni "Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish" va 110-modda - "Muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash" tarzida malakalanib jazoga tortilishi mumkin.

IShIDning qo‘qoncha varianti?

Ozodlik muxbiri bu videoni Internetdagi Facebook sahifasida muhokamaga qo‘ydi. Muhokamada qatnashganlarning bu videoga munosabati turlicha bo‘ldi.

O‘zini Sirojiddin To‘rabek deb taqdim qilgan FB mushtariysi bu amakining qizlarni jazolashga haqqi borligini aytadi.

O‘zini Salah Ad Din deb taqdim qilgan mushtariy esa¸ bunga qarshi fikrda.

“Hech qanday haqqi yo‘q! Shevasidan farg‘onalik bu insonlar. Qonun ustivorligi yo‘q davlatning aholisi xam, o‘zlarining hatti-harakatlari bilan, noqonuniy ish tutishga harakat qilishadi"¸ deb ta‘kidlaydi Salah Ad Din.

Inson huquqlari faoli Dilobar Erkinzoda esa¸ bu tasvirni IShID terrorining o‘zbekcha varianti deb hisoblaydi:

“Bu hayvonlarning IShIDdan nima farqi bor? Terrorist deb hamma yoqqa jar solishadi. Bu nima unda? Qaysi qonun yoki shariatga to‘g‘ri keladi bu?” deb savol qo‘yadi Dilobar Erkinzoda.

O‘zini Akmal Nabiyev deb tanishtirgan mushtariy esa jamiyatni ayblaydi:

“Agar adolatni qonun himoyachilari ta‘minlamas ekan, qachondir odamlar o‘zlaricha tiklashga harakat qilishi aniq. Bu manzaradan ko‘rinib turibdiki¸ qishloq ahli bunday buzuqliklardan bezor bo‘lgan va oqibat o‘zlaricha tartib o‘rnatmoqchi bo‘lgan. Nohaqliklardan zada bo‘lgan odamlarning diydasi qotib ketadi va har qanday vahshiylik ham oddiy ishdek bo‘lib qoladi. Menimcha bu videoni ko‘rib turib¸ urgan odamni ham yoki buzuqlik qilgan ayollarni ham ayblash noo‘rin, jamiyat buzuq . Men bu ayollarga ham, buzuqliklarga qarshi isyon ko‘targan qishloq ahliga ham achinaman. Essiz ...” deya afsus bildiradi Nabiyev.

O‘zini Salah Ad Din deb taqdim qilgan yuzer tartibni saqlash¸ odamlarga jazo berish huquq-tartibot organlarining ishi¸ deb ta‘kidlaydi:

“Yaxshimi, yomonmi, huquq- tartibot organlari bor. Ularda ishlab, maosh olayotgan maxsus xodimlar bor. Bunday ishlar shu odamlarning vazifasi. Hech qaysi insonning o‘zidan o‘zi hukm chiqarishga haqqi yo‘qdir! Hech kim bu yerda bu yosh ayollarni oqlayotgani yo‘q! Gap, qanchalik bu insonning o‘zi hukm chiqarishi haqida ketayapti. Agar biz rivojlangan davlatlar qatorida o‘z o‘rnimizni ko‘rmoqchi bo‘lsak, davlat chiqargan (xoh islomiy, xoh demokratik davlat) qonunlariga bo‘ysunishimiz shart, deb bilaman¸”- deydi FB mushtariysi.

O‘zbek militsiyasining adolat qilishiga ishonch qolmagan

“Militsiyaga olib borishadi, u yerdan 1-2 kun ichida qo‘yib yuborishadi. Mana shu "adolat"¸ deydi mavzuga yakun yasagan mushtariy Euro WorldCup.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ O‘zbekistonda adolat bo‘lmagani bois samosudlar ko‘paymoqda.

Ozodlik tasarrufidagi yana bir videotasvirda telefon o‘g‘irlagan ayolning boshqa o‘zbek ayollari tarafidan jinsiy taxqirlangani aks etgan.

O‘zbekiston fuqarolarning biror mojaro ustida o‘zboshimchalik bilan sud o‘tkazib, o‘zboshimchalik bilan qaror chiqarib, keyin uni o‘zi ijro qilib yuborishiga oid hollar keyingi paytlarda ko‘paygani kuzatiladi.

O‘tgan yili Andijon tumanidagi 74 yoshga kirgan Boqijon tog‘a degan chol¸ ichib janjal qilib¸ militsiyadagi akaxonlariga ishonib hammani urib yurgan 34 yashar yigitning qorniga pichoq tiqib "jazolagan" edi.

XS
SM
MD
LG