Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:27

O‘zTV IShID - "gazandalar to‘dasi"ga tushib qolgan o‘zbeklardan gap ochdi


O‘zbekiston televideniyesi “mo‘may daromad” niyatida Rossiyaga ketib, u yerda radikal guruhlar ta‘siri bilan “Islomiy davlat” safiga jihodga borgan qashqadaryolik 27 yashar Nodir Javliyevning tazarrusini namoyish qildi. Bu - prezident Islom Karimov mamlakat ulamolarini fuqarolarning ID ta‘siriga tushib qolishi oldini olishga chaqirganidan keyingi ilk hujjatli ko‘rsatuvdir.

O‘zTV (va nihoyat) IShID xavfidan so‘z ochdi

26 noyabr oqshomida "O‘zbekiston" telekanalida Suriya va Iroqdagi "Islomiy davlat" qilmishlari qoralangan ko‘rsatuv namoyish qilindi.

Aslida, dunyo matbuoti diqqat markazida turgan "Islomiy davlat" terrorchiligi O‘zbekistondagi davlat va nodavlat tele-radio kanallarida mutlaqo tilga olinmayotgani, hatto qisqa xabarlarda ham berilmayotgan edi.

Bunga qadar prezident Islom Karimov Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan 31 avgust kuni “Shahidlar xotirasi” xiyobonida so‘zlagan nutqida diniy idora rahbarlarini terror xavfidan jiddiy ravishda ogohlantirgan va o‘shanda ilk bor "Islomiy davlat" haqida so‘zlagan edi:

“Qarang, Iroqda nimalar bo‘layapti?!. Bir bemaza, mutlaqo avval bilinmagan oqimlarning vakillari nimalar qilayapti?! Makkayu Madinani pisand qilmasa, hech aqlga sig‘maydigan tashviqotlarni tashkil qilsa, musulmonlarni dunyosi, olami nima bo‘ladi?! Agar kimki bu oqimlarga o‘z vaqtida zarba bermasa, nima bo‘ladi?! Bizning diniy idoramiz bu masalada qanday ishlarni qilayapti?", deya savol tashlagan edi prezident Karimov.

"Manfurlik" nomi ostida 14 daqiqadan oshiqroq davom etgan bu hujjatli filьm O‘zbekistonda suratga olinib, "Islomiy davlat" xavfidan so‘z ochgan Ozodlikka ma‘lum ilk hujjatli filьmdir.

"Mo‘may daromad"ni deb, IShID tuzog‘iga tushgan Nodir

Filьm qashqadaryolik jihodchi yigit hikoyasi ustiga quriladi va Nodirning shu kunda tahlilchilar "Islomiy davlat" ga borayotgan markaziy osiyolik muhojirlar yo‘li", deb taqdim qilgan Rossiya-Turkiya-Suriya-Iroq yo‘nalishida jihod maydoniga tushib qolgani aytiladi.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida tug‘ilib-o‘sgan 27 yashar duradgor usta Nodir Jovliyev, rasmiy televideniyeda berilgan ko‘rsatuvda aytilishicha, "aldov yo‘li bilan Rossiyaning Ufa shahriga boradi".

Uni ish berish bahonasida chaqirgan Ibrohim va Abdurashid ismli shaxslar, oxir-oqibat, Nodir va uning ortidan izlab borgan oliy ma‘lumotli moliyachi ukasi Nurbek Jovliyevlarga "radikal islomiy g‘oyalarni singdirib, Turkiyaga sotib yuboradi”.

Bu haqda Nodirning o‘zi filmda bunday deydi:

"Ibrohim kelib turar edi... Akaxoni bor ekan, Abdurashid aka. U ham kelib turgan. Da‘vat qilardi. Uning ham aloqasi bor o‘sha hijratga, jihodga. Bir oy kvartirada turgan bo‘lsak, ... Ibrohim da‘vat qiladi... ochiq-oydin da‘vat bo‘ladi. Video ko‘ramiz, yangi videolar islomiy harakatga tegishli... Men adashib, Turkiston islomiy harakatiga qo‘shilib qoldim, qilgan ishimdan afsusdaman", deydi Nodir Jovliyev.

Ozodlik aka-uka Jovliyevlar tug‘ilib-o‘sgan Shahrisabz tumanidagi manbalar bilan bog‘landi, ammo ular haqda hozircha biror ma‘lumot aniqlolmadi.

Suhbatlashganimiz uch manba elektr toki bo‘lmagani bois, shahrisabzliklarning katta qismi rasmiy TV ogohlantirishlaridan xabarsiz qolganini aytmoqda.

Манфурлик
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:32 0:00

Sudьya: Jihodchi-o‘zbek Qirg‘iziston chegarasidan keldi

Sud hujjatlariga asoslanib hozirlangani aytilgan ko‘rsatuvda Turkiyadan Suriyaga o‘tgan Nodir u yerda jang harakatlarida ishtirok etgani va “vataniga qarshi qurol ko‘tarib, jihod qilish maqsadida O‘zbekistonga qaytganida” qo‘lga olingani aytiladi.

Qashqadaryo Jinoyat ishlar sudi sudyasi Mansur Abrayev Jovliyev ishiga oid tafsilotlarni bayon qiladi:

"Yonida 8 gigabaytlik fleshkada turli diniy oqimdagi da‘vat qiladigan, qirg‘in solish va respublikada vaziyatni chigallashtirish tushirilgan videotasvirlari mavjud bo‘lgan, kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston respublikasiga olib o‘tib, Qirg‘iziston O‘sh hududidan Farg‘ona viloyatiga yashirin yo‘llar bilan o‘tib kelib, o‘z harakatlarini O‘zbekiston respublikasidagi ya‘ni dinga qiziqishi baland bolalarni ham o‘ziga og‘dirgan holda yana qaytib ketish maqsadida kelgan", deydi ”Manfurlik” ko‘rsatuviga intervyu bergan sudьya Abrayev.

Ozodlik Mansur Abrayev idorasi - Qashqadaryo Jinoyat ishlar sudiga bog‘landi. Ammo, sudьya bilan kun davomida ham suhbatlashish imkoni bo‘lmadi.

O‘zTV: Gazandalar to‘dasida yurtdoshlarimiz ham bor

Turli manbalar, jumladan, Qozog‘iston va Rossiya maxfiy xizmatlari, Turkiya huquq faollari hisobicha, o‘zbek janggarilari soni 500 nafardan 1 ming 200 nafargachadir.

O‘zTV ko‘rsatuvida “ayovsiz xunrezlik va qotilliklarni sodir etayotgan gazandalar to‘dasi”da 80 dan ortiq davlatdan borgan janggarilar, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi aytildi, biroq ularning soni haqida ma‘lumot berilmadi.

Ko‘rsatuv so‘ngida mamlakatdan chetda yurgan millionlab mehnat muhojirlarining barchasi nazoratsiz qolayotgani va Rossiyada yurgan mehnat muhojirlarining aksar qismi "islomni niqob qilgan terrorchilar"ning potentsial o‘ljasi ekani urg‘ulandi. Bundan O‘zbekiston kuch ishlatar tuzilmalarining jihodchilik g‘oyalariga ishongan yoki aldanganlar soni haqidagi tasavvurini, hech bo‘lmasa, taxmin qilish mumkin.

Zero, shu kunga qadar O‘zbekiston hukumati Suriya va Iroqda jang qilayotgan fuqarolariga oid biror bayonot bergani yo‘q. Ayni paytda Tojikiston va Qirg‘iziston hukumatlari, yaqinda esa Qozog‘iston hukumati ham bu borada o‘z rasmiy pozitsiyasini bildirgan hamda fuqarolarni terror g‘oyalaridan saqlash uchun chora-tadbirlar ko‘rayotganini ma‘lum qilgan.

Qizig‘i, "Islomiy davlat" safidagi markaziy osiyoliklar haqidagi tadqiqotlar va rasmiy bayonotlarning barchasida bu janggarilarning aksar qismini o‘zbeklar tashkil qilishi aytib kelinmoqda.

Qashqadaryolik "jihodchilar"

Keyingi paytlarda Qashqadaryo viloyatida yashagan va Rossiyada ishlayotgan mehnat muhojirlarining xorijda radikal diniy g‘oyalarga berilgani va terrorchi guruhlarga a‘zo bo‘lganiga oid ayblovlar bot-bot eshitilmoqda.

Shu yilning iyul-avgust oylarida viloyatda O‘zbekiston Islomiy Harakatiga mansublikda ayblanayogan 6 shaxs 9 yildan 15 yilga qadar muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Bularning 3 nafari erkak, 3 nafari ayoldir.

Sud hukmiga ko‘ra, bu shaxslar Rossiya Federatsiyasiga tirikchilik maqsadida borib, 2010-13 yillarda Pokiston Islom Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan “O‘zbekiston Islomiy Harakati” tashkilotiga a‘zo bo‘lgan.

“Ezgulik” jamiyati o‘shanda yana 60 dan ortiq odam ayni ayblov bilan sudga tortilganini ma‘lum qilgan edi. Biroq, bu ayblanuvchilarning keyingi taqdiri Ozodlikka noma‘lum.

Darvoqe, shu yilning avgusti oxirida Ozodlikka Suriyaning Roqqa shahridan bog‘langan va o‘zini 25 yoshli Abu Abdulloh, deb taqdim qilgan jihodchi ham qashqadaryolik edi.

XS
SM
MD
LG