Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:56

O‘nlab odamni chuv tushirgan qorasuvlik ayollar uy qamog‘iga chiqarildi


1 dekabr kuni O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi 2010 yil O‘sh voqealarida jabr tortganlar uchun qurilgan ko‘p qavatli uylardan kvartira olib berish va‘dasi bilan qalloblik qilib kelgan ikki ayolni qo‘lga oldi.

Bu haqda O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Zamir Sidiqov Ozodlikka ma‘lum qildi.

- Bular, 1965 yili tug‘ilgan Gulbayra va 1964 yilda tug‘ilgan Aynagul ismli ayollardir. Hozirda bu ayollar ustidan 19 jabrlanuvchining arzi bor. Ilk tergov natijalari bo‘yicha jabrlanuvchilarga keltirilgan ziyon umumiy miqdorda 193 ming 600 dollar hamda 2 million 249 ming 200 qirg‘iz so‘mi (taqriban – 38 ming 800 AQSh dollari)ni tashkil qiladi. Hozir mazkur ikki ayol O‘sh shahar sudi tomonidan qayta uy qamog‘iga chiqarilgan. Biroq tergov ishlari ketmoqda, deydi O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Zamir Sidiqov.

Ayollarga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat Kodeksining "Firibgarlik" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Zamir Sidiqovning aytishicha, mazkur ayolllar avval ham shu ayblov bilan qo‘lga olingan¸ ko‘p o‘tmay O‘sh shahar sudi ularga nisbatan qo‘llanilgan jazo chorasini o‘zgartirib, hibsxonadan uy qamog‘iga chiqargan.

3 dekabr kuni O‘sh shahar sudi mazkur ayollarni yana hibsdan ozod qildi va jazoni uy qamog‘iga aylantirish to‘g‘risida qaror chiqardi.

- Biz jabrlanuvchilar 19 odam bilan cheklanmaydi¸ deb o‘ylaymiz. Arzlanuvchilar yana kelishi mumkin. Jabrlanuvchilarning 90 foizi iyun voqealariga aloqador odamlar emas, deydi Zamir Sidiqov.

2010 yil O‘sh voqealaridan jabrlanganlar uchun qurilgan uylar egalariga emas, pul berganlarga tegayotgani masalasi so‘ngi yillarda vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib turgan edi.

O‘sh va Jalolobodni qayta tiklash davlat direktsiyasi O‘sh shahrida qurgan 11 ta ko‘p qavatli uyda jami 1400 xonadon bor. Shu kungacha ularning yarmidan ko‘pi bo‘lib berilgan.

Shu paytgacha uylarning noqonuniy taqsimlashi bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasi o‘ndan oshiq, prokuratura esa sakkizta jinoiy ish ochgan. Uy olish uchun ro‘yxatga olinganlarning 200 ga yaqini hujjatlari noqonuniy degan gumon bilan tekshirilmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘shda 2010-yil voqealaridan jabr ko‘rganlar uchun qurilgan uylardan 772 fuqaroga uy berilgan. Undan 120si kuch ishlatar tizimlari xodimlari uchun, 45 xonadon ko‘zi ojiz va eshitishi nochor fuqarolarga, 607 xonadon 2010-yil voqealarida jabr ko‘rganlarga O‘sh va Jalolobodni qayta tiklash davlat komisiyasi tomonidan bo‘lib berilgan.

O‘sh va Jalolobodni qayta tiklash davlat direktsiyasi O‘sh shahrida qurgan 11 ta ko‘p qavatli uyda jami 1400 xonadon bor.

2010 yilning iyun oyida O‘shda ro‘y bergan qirg‘in paytida 500 ga yaqin odam qurbon bo‘lgan. Minglab odamning uylari yondirilgan edi.

Xalqaro tashkilotlar yordamida O‘sh va Jalolobodda yondirilgan xususiy uylar qayta tiklandi. Bundan tashqari hukumat 943 odamga ko‘p qavatli uylardan bepul kvartira berish haqida qaror chiqargan.

XS
SM
MD
LG