Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:16

O‘zbeklar uchun qulay Telegramda kuniga bir milliard xabar yuborilmoqda


Smartfonlar uchun mo‘ljallangan Telegram messenjeri ishga tushganiga atigi bir yarim yil bo‘lganiga qaramay, bugungi kunda undan foydalanuvchilar soni 50 millionga yetgan. Telegram dasturiga doir 8 dekabr kuni e‘lon qilingan statistikaga ko‘ra, messenjer ichida bir kunda yuboriladigan xabarlar soni bir milliardga yetgan. Telegram o‘zbekistonlik smartofon egalari orasida ham ommabop ilovaga aylangan.

O‘zbekistonda 2013 yilning kuz oylarida WhatsApp tarmog‘iga cheklovlar qo‘yilishi ortidan smartfon foydalanuvchilari muqobil vosita sifatida ommaviy tarzda Telegram messenjeridan foydalana boshladi.

2013 yilning noyabr oyida Telegram Apple shirkatning onlayn do‘konida o‘zbekistonlik foydalanuvchilar tarafidan yuklab olingan applar orasida 1-o‘ringa chiqqan edi.

18 oy avval o‘sha paytda vKontakte ijtimoiy tarmog‘i rahbari bo‘lgan Pavel Durov va uning akasi tarafidan ishga tushirilgan Telegram messenjeri ayni damda dunyo bo‘ylab 50 million faol foydalanuvchiga ega. Xizmatga har hafta bir million kishi qo‘shilishi aytiladi.

O‘zbekistonlik foydalanuvchilarning aytishlaricha, bu ilovaning eng afzal tarafi - uning tez ishlashi bilan boshqa muqobil xizmatlardan farqlanadi.

- Telefondan ko‘ra qulayroq ishlatishga. Masalan, boshqa viloyatlar, shaharlar bilan bog‘lanishga osonroq, ham tezroq. Fayllar yuborsangiz ham zagruzka qiladi. WhatsApp hozir zagruzka qilmayapti-ku. Shuning uchun hozir Telegram yaxshiroq. Chet elga SMS yuboradigan bo‘lsangiz - qimmat. Telegramda esa internet traffigidan ketaveradi, - deydi toshkentlik Sunnatulla.

Andijonlik Bunyodbek ham Telegram o‘zbekistonliklar orasida ommabop bo‘lgan WhatsApp messenjeriga qiyoslaganda qator qulayliklarga ega ekanini aytadi.

- Telegramning yaxshi tomoni shundaki, SMS-xabarlar tez yuboriladi. Masalan, chet davlatlarga - Rossiya yoki Qozog‘istonmi - qo‘shni davlatlarga SMS yuborsangiz, internetdan tariflanadi, lekin juda arzon albatta. Tariflarga, tsentlarga oladigan bo‘lsak, internetdan foydalanganingiz uchun arzon ketadi. Telegram dasturi WhatsAppdan keyin chiqqani uchun rasmli yoki video xabarlarlarni yuborishda rivojlanganroq, - deydi Bunyodbek.

Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik Doniyor e‘tiroficha ham, Telegram o‘zining asosiy raqibidan qulayroq.

- WhatsApp hozirchalik sekin ishlayapti. Masalan, xabarlar to‘liq yetib kelamayapti, boshqa nosozliklari bor. Telegram esa ancha tez va qulay,- deydi Doniyor.

Mutahassislarning fikricha, vKontakte ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov va uning akasi tarafidan yaratilgan Telegram xizmati o‘zining nafaqat tezligi, balki xavfsizligi bilan ham ajralib turadi.

“Telegram dasturini ishga tushirishdan men ko‘zlagan birinchi maqsad bu Rossiya xavfsizlik xizmatlarining qo‘li yetmaydigan aloqa xizmatini yaratish edi”, deb aytgan edi Durov TechCrunch nashriga.

Messenjer mualliflari uning xavfsizlik tizimi mukammal qurilganiga shu qadar ishonishadiki, joriy yilning noyabr oyida Telegram xizmatini buzib kira olgan xakerga 300 ming AQSh dollari berilishi e‘lon qilingan edi.

O‘zi tuzgan vKontakte shirkatidan siqib chiqarilganidan so‘ng Rossiyani tark etishga majbur bo‘lgan Pavel Durov Telegram dasturining reklamasiga bir tsent ham xarjlamagani aytadi.

XS
SM
MD
LG