Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:02

Rossiya chegarasida 65 tonna o‘zbek "Kilka"si ushlab qolindi​


Rossiya Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rosselxoznadzor) “Bryansk-Lgovskiy” temir yo‘l nazorat punktida Ukrainadan O‘zbekistonga kelayotgan 65 tonna baliq konservasi mahsulotlarini ushlab qoldi. Rossiya nazorat idorasi bu taqiqni vagonlarda jo‘natilayotgan tovarning O‘zbekistonga olib kirishga ruxsat beruvchi zaruriy hujjatlari yo‘qligi bilan izohlayotgan bo‘lsa, Vinnitsa konserva zavodi “oldin bunday talablar qo‘yilmaganini” bildirmoqda.

24 fevral kuni O‘zbekistonga Ukrainaning “VINTAR" Vinnitsa upakovka mahsulotlari zavodidan yuborilgan baliq konservasi mahsulotlari Rosselxoznadzorning Bryansk va Smolensk viloyatlari bo‘yicha nazorat idorasi tomonidan chegarada to‘xtatib qolindi.

“Bryansk-Lgovskiy” temir yo‘l nazorat punktida ushlab qolingan 65 tonna tovar O‘zbekiston Respublikasining “Po‘latov M.V. Xususiy korxonasi”ga tegishli ekanini bildirdi Rosselьxoznadzor boshqarmasi vakili Ozodlik bilan suhbatda.

- Gap shundaki, bizning inspektorlarga taqdim etilgan hujjatlar orasida mazkur yukning olib kirilishiga O‘zbekiston Veterinariya xizmati ruxsatnomasi yo‘q edi. Shu sababli bizda bu mahsulotlar O‘zbekistonga emas, istagan joyingizga, jumladan, Rossiya ichkarisida sotishga olib ketilayotgani to‘g‘risida shubhalar paydo bo‘ldi,- dedi vaziyatni tushuntirgan Rossiya davlat chegarasi va transportidagi veterinariya nazorati boshlig‘i Sergey Sheludyakov.

Nazorat xizmati boshlig‘i so‘zlariga ko‘ra, tranzit yo‘li bilan Rossiya orqali o‘tayotgan barcha yuklar va tovarlar qabul qiluvchi mamlakatga olib kirishga ruxsat beruvchi ruxsatnomaga ham ega bo‘lishi shartligi xalqaro kelishuvlar asosida belgilangan.

Natijada, chegara punktida to‘xtatilgan konservalar hozirda uni yuborgan korxonaga qaytarilgani ma‘lum qilindi.

Biroq, Vinnitsadagi baliq konservalarini O‘zbekistonga jo‘natgan “VINTAR” zavodi idorasi vakillari Ozodlik so‘roviga javoban bundan avval bu kabi talablar amal qilmaganini bildirishdi.

- Bu Rossiya nazoratchilarining shaxsiy gumonlari, chunki ketayotgan vagon, uning yo‘nalishiga to‘langan haq molning O‘zbekistondagi xaridorga ketayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bu konservalarning Rossiyada sotilishi to‘g‘risidagi gaplar qayerdan paydo bo‘lganini tasavvur ham qila olmayman. O‘zbekistonga jo‘natilgan mahsulot haqiqatan 65 tonna “Kilka” konservasi edi. O‘zbek tadbirkorlari oldin ham xuddi shu mahsulotni sotib olishgan – muammo bo‘lmagan. Munosabatlarimizda nimadir o‘zgargan ko‘rinadi,- deya xulosa qiladi o‘zini Liliya deb tanishtirgan Vinnitsa konserva zavodi vakilasi.

Xodimaning aytishicha, endilikda zavod ma‘muriyati va "Po‘latov M.V." korxonasi vakillari Rossiya Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati to‘liq talablari asosida yangittan hujjatlarni tayyorlab, “Kilka”larni yana bir bor jo‘natib ko‘rishga hozirlanmoqda.

Rossiya G‘arb davlatlari bilan o‘zaro sanktsiyalarni joriy qilganidan buyon O‘zbekistonga tranzit yo‘li bilan olib ketilayotgan tovarlarning Rossiya chegarasida to‘xtatib qolinishi birinchi marotaba kuzatilayotgani yo‘q.

O‘tgan yilning dekabrida litvalik tadbirkorlar Rossiya - Belarus chegarasida o‘rnatilgan cheklovlar tufayli O‘zbekistonga 1 ming tonna sariyog‘ni etkazib bera olmagani to‘g‘risida Ozodlik oldinroq xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG