Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:26

O‘zbek kinochisi Hollivudda triller suratga oldi​


O‘zbek rejissori Bahodir Yo‘ldoshev.
O‘zbek rejissori Bahodir Yo‘ldoshev.

Toshkentlik 40 yashar Bahodir Yo‘ldoshev dunyo kino sanoati markaziga aylangan Hollivudda badiiy film suratga olgan ilk o‘zbek rejisseri bo‘ldi. “O‘lim farishtasi” deb nomlangan film o‘tkir syujetli jangovar drama janrida olingan.

Ozodlik bilan suhbatda Bahodir Yo‘ldoshev Hollivudda kino olayotgan ilk o‘zbek bo‘lganidan faxrlanishi va AQSh kinoindustriyasi saboqlaridan mamnunligini bildirdi.

Bahodir Yo‘ldoshevga ko‘ra¸ “O‘lim farishtasi” filmi giyohvand moddalar kontrabandasini fosh qilgani bois tazyiqqa uchragan rus zobitining o‘z dushmanlarini AQShda topib intiqom olgani haqida hikoya qiladigan heppi-end kinodir.

Ozodlik muxbirining bu kinoasar kriminal va drama janrida suratga olingan kassabop tijorat kinomi¸ degan savoliga Bahodir Yo‘ldoshev “bu kamtar byudjetda suratga olingan amerikancha boyevik tarzidagi mustaqil film” deya javob berdi.

"Жаннатдаги бўри боласи" фильмини суратга олиш жараëни
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:24 0:00
Бевосита линк

Film oddiy bir zobitning qahramonligi haqida deydi suhbatdosh:

- Sovet qo‘shinlaridan birining komandiri narkotujjorlar to‘dasiga qarshi kurashib, xotinidan ayriladi, uning bolasini esa garovga olishadi¸ deydi rejisser.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ bu filmning asosiy sahnalari bir oy mobaynida AQShda, qolgan 20% sahnasi Xorazm va Toshkentda suratga olingan.

“O‘lim farishtasi”da amerikalik, o‘zbek, qozoq va rus aktyorlari ishtirok etgan.

Ular orasida eng yaxshi tanilganlari Armand Assante, Igor Savochkin, Maksim Akbarov, Sanjar Madiyev va Ulug‘bek Qodirovlardir.

Fil‘m iyun oyida ekranlarga chiqariladi¸ deydi Yo‘ldoshev.

Rejisser Bahodir Yo‘ldoshev ishlagan “O‘lim farishtasi” (Angel of Death) filmining treyleri internetga qo‘yilgan.

Filmning treylerini tomosha qilgan Moskvadagi “Charli” studiyasi rahbari, taniqli kinochi Xudoybergan Yusupov nazarida kinoasar yuqori estetik saviyada suratga olingan.

Jannatdagi bo‘ri bolasi

Rejisser Bahodir Yo‘ldoshev bir vaqtning o‘zida Los-Anjelos va Toshkentda ijod qilishini aytdi:

- Shu kunlarda men O‘zbekistonda “Jannatdagi bo‘ri bolasi ” degan jangari fil‘mni suratga olib bo‘ldim. Bu film qamoqda 15 yil o‘tirgan mahkum haqida. U qamoqdan chiqib Toshkentga qaytadi. Toshkentda u faqat onasining qabri bilan yuzlashadi. 15 yil qamoqda jazo o‘tab chiqqan sobiq mahkum turma yanidagi tashlandiq joyda karsoqov ayolga uylanib yashab boshlaydi. Bu rolni Ra‘no Shodiyeva o‘ynagan. Bu nikohdan Botir degan bola tug‘iladi. Sal o‘tmay mahkumni o‘ldirib ketishadi¸ kar-soqov ayolni esa qamoqqa tiqishadi. Botir bir o‘zi qarovsiz qolib ketadi. Bola bo‘rilar iniga borib qoladi. Bolani bo‘ri inidan mahalliy ovchi qutqarib oladi. filmni “Jannatdagi bo‘ri bolasi” deb nomladik. Festivallarda sovrin olishga loyiq kino qildik¸ deb maqtansam ham bo‘ladi¸ deydi suhbatdosh.

Estetik did to‘qnashuvi yoki Yulduzning bachkanaligi haqida

AQSh kinoindustriyasi markazi Hollivuddagi yuqori saviyali tasvirlar olish hadisini olgan Bahodir Yo‘ldoshev ijodini O‘zbekistonda hamma ham qabul qilavermaydi.

Masalan¸ Bahodir Yo‘ldoshev suratga olgan klip Yulduz Usmonova tarafidan tanqid qilindi va shu tariqa bu klip taqdim qilinmasdan qolib ketdi.

Did va didsizlik to‘qnashuvi sifatida o‘zbek shou-biznesi olamida bahslarga sabab bo‘lgan bu voqeani Bahodir Yo‘ldoshev mana bunday izohladi:

- Bilasizmi¸ Yulduz Usmonovada qobiliyat bor¸ ammo unda did bilan muammo bor. Xudo uni diddan qisgan. Unga bachkana narsalar yoqadi. Shu so‘z bilan hammasini tushuntirdim¸ deb o‘ylayman. Men esa u buyurgan klipni o‘ta krutoy¸ ya‘ni o‘ta yuksak saviyada suratga olgan edim. Agar Usmonova kadrda semiz bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa¸ mening aybim emasku! Men semizni oriq qiladigan plastik jarroh emasmanku! Fotoni o‘zgartirsa bo‘ladi¸ lekin videoni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Afsus¸ klip juda qoyilmoqam chiquvdi. Bir vaqtning o‘zida muhtasham va jozibali hamda so‘nggi urfdagi modniy-seksualniy klip olgan edim. Mayli¸ nima bo‘lsa bo‘ldi. Xudoga soldim¸ deydi Hollivudda ilk bor mojaro filmini suratga olgan kinochi.

Taxtapuldan chiqqan kinochi

Toshkentning Eski shahar mavzeidagi “Taxtapul” mahallasida tug‘ilgan Bahodir kichkinaligida rassom bo‘lishga havaslandi.

O‘g‘lining rassomlikka moyilligini ko‘rgan ona Bahodirni Toshkentdagi rassomlik internatiga berdi.

Bahodir oltinchi sinfga qadar rassomlik sirlarini taniqli ustozlardan o‘rgandi. Ammo matematika fanidan past baho olgach, internatda boshqa o‘qishni istamadi va rassomlikdan ko‘ngli sovudi.

O‘g‘lining san‘atkor bo‘lishini istagan ona uni Toshkent Xoreografiya bilim yurtiga o‘qishga berdi. Uch yil raqs maktabida o‘qigan Bahodir o‘rta ta‘limni pirovardida sirk san‘ati bilim yurtida tugatdi.

Taqdir taqozosi bilan bir-ikki yil Militsiya akademiyasida ham o‘qigan Bahodirning taqdiri unga otasi videokamera sovg‘a qilganidan keyin butkul o‘zgarib ketdi.

Bahodir 1996 yilda bir havaskor sifatida ilk kinosini suratga oldi. Keyin esa o‘sha kezda mamlakatda ilk qadamlarini tashlayotgan klipmeykerlik sohasi Bahodirni o‘z quchog‘iga oldi.

O‘tgan yillar davomida Bahodir Yo‘ldoshev usta klipmeyker sifatida dong chiqardi. Keyin esa u badiiy kinoni suratga olishga jazm qildi.

Kimsasiz oroldagi so‘nggi yapon samurayi haqida hikoya qiluvchi “Shima” filmi san‘atkor uchun katta kinoga yo‘llanma bo‘ldi. 2007 yilda bu film 29-bor o‘tkazilgan Xalqaro Moskva kino festivalida namoyish qilindi.

Film taqdimotida Ozodlik bilan suhbatlashgan Bahodir Hollivudni zabt qilish orzusida ekanini bildirgan edi.

Oradan 8 yil o‘tib Bahodirning orzusi ushladi. Toshkentning Taxtapulidan chiqqan kinochi Hollivudda kino suratga olgan ilk o‘zbek sifatida tarixga kirdi.

Ozodlik bilan suhbatda kinochi o‘zini Hollivudni zabt qilish yo‘lida emaklayotgan askar deb bilishini aytdi:

- Men Hollivuddan juda uzoqda Toshkentning Eski shaharida tug‘ilgan bir yigit tirishib-tirmashib shu yergacha keldim. Menga Hollivuddan darvoza emas¸ kichik bir darcha ochildi. Darvoza lang ochilishi uchun hali mashaqqatlararo uzun yo‘lchilik bor¸ deydi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG