Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:43

Farg‘ona sudi mahkumning qiynoqlar haqidagi shikoyatini inobatga olmadi​


O‘zbekiston qamoqxonalaridagi qiynoqlar dalili bo‘lgan mahbuslarning qonli ko‘ylaklari.
O‘zbekiston qamoqxonalaridagi qiynoqlar dalili bo‘lgan mahbuslarning qonli ko‘ylaklari.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi appelyatsiyasi 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Baxtiyor Hayitovning qiynoqlar haqidagi shikoyatini eshitmasdan turib, sud instantsiyasi chiqargan qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Diniy ayblovlar bilan qamalib, yetti yillik jazoni o‘tab chiqqan Baxtiyor Hayitov ozodlikka chiqqaniga ikki yil ham bo‘lmay bu gal bosqinchilik va tovlamachilikda ayblangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati appelyatsiya sudi 14 aprel kuni O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining bosqinchilik, tovlamachilik moddalari bilan ayblanib, 2014 yilning 15 dekabrida o‘n ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingan farg‘onalik 38 yoshli Baxtiyor Hayitovning shikoyat arizasini qanoatlantirmadi.

Appelyatsiya sudida ishtirok etgan Baxtiyor Hayitovning onasi Qanoat Mo‘minovaning aytishicha, appelyatsiya sudi raisi mahkumning unga qo‘yilgan ayblovlar qiynoqlar vositasida tan oldirilgani haqidagi shikoyatini eshitishni ham istamagan:

- O‘g‘limning dekabrda bo‘lgan sudida bitta ham guvoh chaqirilmagan edi. Bunda ham guvohlar yo‘q edi.O‘shanda ham o‘g‘lim bu ayblovlar qiynoqlar asosida tan oldirilganini aytgan edi. Appelyatsiya sudida ham sudya uning gapini eshitgisi kelmadi. O‘g‘lim aytdiki, men qilmagan narsani menga tan oldirishyapti, upravleniyada ishlaydigan o‘sha Muzaffarni, o‘sha Sayyodni chaqiringlar bu yerga dedi. O‘g‘lim bir tarafga egilib qolgan ekan, nima bo‘ldi desam ko‘kragimga urib qovurg‘amni sindirishdi deb aytdi,- deydi mahkumning onasi.

Baxtiyor Hayitovning jinoiy ishi bilan yaqindan tanishgan O‘zbekison inson huquqlari Alyansi faoli Shuhrat Rustamovning aytishicha, appelyatsiya sudi raisi avvalgi sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirgan:

"Baxtiyor sudyaga uni 20 kishi o‘rtaga olib urishganini aytgan. Ko‘ylagini yechib singan qovurg‘alarini, momataloq bo‘lib yotgan badanini ham ko‘rsatgan. Singlisi bu haqda yozma ravishda ariza bersa ham inobatga olmagan. Ana shu holda sudьya hukmni o‘zgarishsiz qoldirgan", dedi Shuhrat Rustamov.

Mahalliy va xalqaro huquq himoyachilari O‘zbekistondagi vaqtincha saqlash izolyatorlarida va qamoqxonalarda qiynoqlar muntazam qo‘llanishi haqida xavotir bildirib keladilar.

Jumladan, o‘tgan haftada ham Bekobod shahar militsiya bo‘limi hibsxonasidan o‘ligi chiqqan Kamoliddin Qo‘ziyev akasining da‘vo qilishicha¸ marhum avvaliga qiynab o‘ldirilgan¸ keyin esa “o‘zini osgan” deb rasmiylashtirilgan.

Bunday voqealar "Xalqaro Amnistiya" inson huquqlari tashkilotining O‘zbekistondagi qiynoqlar bo‘yicha yangi hisobotini taqdim etishi arafasida ro‘y bermoqda.

"Maxfiylik va yolg‘on" nomi bilan kitob shaklida nashr qilingan yangi hisobotda O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan va sistematik deya ta‘kidlangan qiynoqlar ko‘lami tasvirlanadi.

XS
SM
MD
LG