Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:09

Qozog‘iston yo‘lidagi avtohalokatda 15 muhojir nobud bo‘ldi


Qozog‘istondagi avtohalokat.
Qozog‘istondagi avtohalokat.

Yakshanba kuni ertalab Qozog‘istondan o‘tgan Olmaota-Yekaterinburg yo‘lida sodir bo‘lgan avariya paytida 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Ozodlikka Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ma‘lum qildilar.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillariga ko‘ra, Qozog‘istonning Mo‘yunqumidagi avariya paytida 15 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi esa kasalxonaga yetkazilgan.

Vazirlikdagilarning aytishicha, halok bo‘lganlarning 6 nafari va tan jarohati olganlarning 5 nafari Qirg‘iziston fuqarolari ekani tasdiqlangan.

Avariya paytida chiqqan yong‘in tufayli yuzi odam tanimaydigan darajada kuyib ketgan 8 kishining qaysi davlat fuqarosi ekani aniqlanayotgan ekan. Ammo ular ham qirg‘izistonlik bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinyapti.

Avtohalokat paytida halok bo‘lganlarning yana biri Qozog‘iston fuqarosi ekani aniqlangan.

Avtohalokat Qozog‘istonning Mo‘yunqum degan joyida 19 aprel kuni ertalab soat 10 larda Gazel va Mersedes-Bens rusumli mikroavtobuslar to‘qnashib ketgani tufayli sodir bo‘libdi.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, avariya chog‘ida 1953 yilda tug‘ilgan O‘rinboyeva Mavjuda, 1974 yilda tug‘ilgan Erashiyev Abdisamat, 1981 yilda tug‘ilgan O‘rinboyeva Gavharoy, 2003 yilda tug‘ilgan O‘rinboyeva Hadichaxon, 2006 yilda tug‘ilgan O‘rinboyev Abroriddin va 2008 yilda tug‘ilgan O‘rinboyev Abbos halok bo‘lgan. Biroq vazirlik vakillari halok bo‘lganlar Qirg‘izistonning aynan qayeridan ekanini hozircha aniq aytib berolmasliklarini bildirishdi.

Yana vazirlik vakillari avariya paytida olgan jarohati tufayli kasalxonaga yetkazilganlarning shaxsini ham ochiqlashdi. Bular 1971 yili tug‘ilgan To‘qtarbayev Temirlan, 1971 yilda tug‘ilgan Seytbekov Tayirbek, 1985 tug‘ilgan Sayqo‘yev Maqsatbek, 1993 yilda tug‘ilgan Samat Mayrambek va tug‘ilgan yili ko‘rsatilmagan Daureshov Rustambeklardir.

Voqeaga doir boshqa tafsilotlarni vazirlik mas‘ullari 20 aprel kuni aniqlab, aytib berishlari mumkinligini ma‘lum qilishdi.

XS
SM
MD
LG