Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:49

Ukrainadagi ayirmachilarni mazax qiluvchi guruh Internetda shuhrat qozonmoqda


Ukrainadagi "Mirko Sablich" parodiyachi guruhining YouTube portalidagi avatari.
Ukrainadagi "Mirko Sablich" parodiyachi guruhining YouTube portalidagi avatari.

Rossiya sharqiy Ukrainadagi ayirmachilarni dastaklayotganini qoralab musiqiy parodiyalar chiqarayotgan guruh Internetda ko‘p shov-shuvga sabab bo‘lyapti. O‘zini “Mirko Sablich” deb atovchi guruh bir necha oy avval Rossiyaning Ukraina sharqidagi to‘qnashuvlar haqida olib borayotgan “targ‘iboti”gi qarshi kurashish uchun tuzilgan.

Ozodlik radiosi bilan suhbatda guruh a‘zosi Yevgen Tatarchenko: “Biz harbiy amaliyotlarda ishtirok etmaymiz. Biz o‘q otishni bilmaymiz. Bizning qurolimiz so‘zdir”, dedi.

Yaqinda tuzilgan bo‘lishiga qaramasdan, “Mirko Sablich” qator kliplarni olishga ulgurdi. Bu kliplarning har biri bir necha ming martadan ko‘rilgan.

Qo‘shiqlarni guruh a‘zolari o‘zlari yozishadi. Kliplarni tayyorlashda sovet filmlaridan olingan lavhalar bilan sharqiy Ukrainada olingan videomateriallardan foydalanishadi.

“Mirko Sablich”ning navbatdagi klipi “Novorossiya gimni” deb nomlanadi. Donbassdagi ayirmachilarni qo‘llovchilar Ukraina janubiy-sharqidagi katta hududni “Novorossiya” deb atashadi.

Украина пародиячилари айирмачиларни мазах қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:51 0:00

​Qo‘shiq ohangi esa Qizil armiyaga atab yozilgan, hozirgacha mashhur bo‘lib qolayotgan “Artilleriyachilar marshi” ashulasidan olingan.

Parodiya gimnda Rossiya va shaxsan Putin sharqiy Ukrainada separatizm ruhini keltirib chiqarishda va ayirmachilarni qurol bilan ta‘minlashda ayblanadi.

“Ayirmachilar, Putin buyruq berdi!” deyiladi naqoratda. “Mahbuslar to‘dalari asirlarni urish, jarohat olganlarni qiynash va go‘dak to‘la bog‘chalarni portlatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq oladi”.

O‘tgan oyda e‘lon qilingan va “Ukraina Donbassi gimni” deb nomlangan yana bir klip rossiyaparast ayirmachilarni va Putinning sevimli guruhi hisoblangan “Lyube” guruhini nishonga olgan.

Uch daqiqali klipda guruh solisti Nikolay Rastorguyev aksilayirmachi qo‘shiq kuylayotgandek qilib ko‘rsatilgan. Putinni yoqlovchi Rastorguyev “Yagona Rossiya” partiyasining a‘zosi hamdir.

Turgan gapki, bu video “Lyube”ning g‘azabini jo‘shtirdi. Guruh prodyuseri, vaqtincha bo‘lsa-da, videoni YouTubedan o‘chirtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Keyinroq video saytga qayta yuklandi. Bu safar “Mirko Sablich” o‘z kliplariga to‘siq qo‘yishga urinishsa, guruh har bir da‘vogarning qo‘shiqlariga yangi parodiya yaratish bilan javob berishini aytib ogohlantirdi.

Dmitriy Volchek va Kler Bigg qalamiga mansub ushbu maqola Nodir Atayev tomonidan o‘zbekchaga o‘girildi.

XS
SM
MD
LG