Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:21

Qirg‘izistonda o‘zbek maktablari soni yildan-yilga kamaymoqda​


Qirg‘izistondagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi qirg‘iz-o‘zbek maktabida o‘quvchi qirg‘iz va o‘zbek dugona.
Qirg‘izistondagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi qirg‘iz-o‘zbek maktabida o‘quvchi qirg‘iz va o‘zbek dugona.

Qirg‘izistonda 2010 yil iyun voqealaridan so‘ng yuzaga kelgan vaziyat ortidan ko‘plab o‘zbek maktablari qirg‘iz va rus tillarida ta‘lim berishga majbur bo‘lmoqda. 2010 yilgacha O‘sh viloyatida 150ka yaqin o‘zbek maktabi bo‘lgan bo‘lsa, hozir ularning soni 90dan oshmaydi. O‘zbek tilida test imtixonlari topshirishning taqiqlangani oqibatida, o‘zbek maktablari soni yana qisqarishi mumkin.

Jalolobod viloyati Suzoq tumanidagi maktablardan birining o‘qituvchisi Mavjuda Xurboyeva o‘zbek maktablarining aralash tilli maktablarga aylantirilayotgani zamon talabi bo‘lmoqda, deb hisoblaydi.

- Masalan, hozir qayerga borsangiz hujjatlarni qirg‘iz tilida to‘ldirish kerak.O‘quvchilarimiz esa bu tilni bilmayapti. Biz ham o‘qishda haftasiga bir soatdan qirg‘iz tili o‘qiganmiz, shuning uchun qiynalayapmiz. Qirg‘iz tiliga hozir keng yo‘l berilayapti. Darslarning asosiy qismi ham qirg‘iz tilida. Shuning uchun katta qizim ham zamon talabidan kelib chiqib, qirg‘iz filologiyasiga o‘qishga kirdi. 9-sinfni bitirgan qizim ham qirg‘iz tili o‘qituvchisi bo‘lmoqchi, - deydi Mavjuda Xurboyeva.

Қирғизистонда ўзбек мактаблари сони йилдан-йилга камаймоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:17 0:00

Ayni paytda Jalolobodda o‘zbek tilida o‘qitiladigan 30 maktab qolgan. 74 maktab esa qirg‘iz va o‘zbek tilida dars bermoqda. Birgina o‘tgan yili 10ta o‘zbek maktabi aralash tilda dars beradigan maktabga aylantirilgan. Shu kunlarda o‘zbek tilida o‘qitadigan maktablarining 14 tasi Suzoq tumanida joylashgan. Tumandagi 2-sonli o‘rta maktab direktori Gulnara Yuldasheva o‘zbek maktablarining aralash tilda o‘qitiladigan maktablarga aylantirilishi ota-onalarning talablari asosida amalga oshirilayotganini iddao qildi:

- Hozirgi kunda umumrespublika testlarini o‘zbek tilida topshirish bekor qilindi. Buning natijasida oliy o‘quv yurtlariga o‘zbek millatiga mansub bolalar kira olmay qoldi. Shuning uchun ota-onalarning talablari bilan qirg‘iz tilidagi sinflarni ochdik. Biroq maktabimizda faqat o‘zbek millatiga mansub o‘quvchilar o‘qiydi, - dedi maktab direktori.

Tuman xalq ta‘limi bo‘limidan olingan malumotlarga ko‘ra, 2015-2016 o‘quv yilida yana uchta o‘zbek maktabi aralash tilda o‘qitiladigan maktabga aylantiriladi. Tuman xalq ta‘limi bo‘limi bu ish ota-onalarning talablari asosida amalga oshirilayotganini bildirgan.

Jalolobodlik huquq faoli Abdunazar Mamatislomov umumrespublika testidan o‘zbek tilining olib tashlanishi oqibatida o‘zbek maktabi bitiruvchilarning oliy ta‘lim olish huquqi buzilayotgani haqida bong urmoqda. Negaki, maktab bitiruvchilari topshiradigan umumrespublika testi oliygohlar uchun kirish imtihoni sifatida xizmat qiladi.

Qirg‘iziston O‘zbek milliy madaniy markazi prezidenti Baxtiyor Fattoxov ham umumrespublika testini o‘zbek tilida topshirish taqiqlangani ortidan o‘zbek yoshlari oliygohlarga kirish huquqidan mahrum bo‘lganini va bu masalada hukumat shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yganini ta‘kidlab keladi.

XS
SM
MD
LG