Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:30

General Do‘stim toliblarga bir haftalik muxlat berdi​


Afg‘onistondagi o‘zbek generali Do‘stim xavfsizligi yomonlashgan shimoliy viloyat Faryobdagi tug‘ilib o‘sgan shahri - Shibirg‘onga bordi. U taslim bo‘lishi uchun Toliblarga bir hafta muxlat berdi. Chaqirig‘iga ijobiy javob qaytarmagan taqdirda jangarilarga qarshi qaqshatgich zaraba berishidan ogohlantirdi.

Afg‘oniston vitse-prezidenti matbuot kotibi yordamchisi Sulton Fayziy jangarilarni Do‘stim chaqirig‘iga ijobiy javob qaytarmagan taqdirda qaqshatg‘ich zarbalarga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirdi:

- Ma‘lumki, so‘nggi haftalarda Afg‘onistonning shimoliy viloyatlari, ayniqsa, yaxlit o‘zbeklar hayot kechiradigan Faryob viloyati xavfsizligi kutilmagan darajada yomonlashgan edi. Jangarilar mazkur viloyatning ayrim tumanlari, jumladan, Shirin Tagob, Almor, Pashtunko‘t, Jumabozor va Qaysorda davlatga tarafdor mahalliy kuchlar markazlariga qarshi amalga oshirilgan hamlalari oqibatida qator qishloqlarni ishg‘ol etgan edilar, - dedi matbuot kotibi yordamchisi Sulton Fayziy.

Shu kecha-kunduzda shimoldagi xavfsizlik vaziyatini yaqindan kuzatib turgan general Do‘stim Afg‘oniston muammosini tinch yo‘llar bilan hal qilish afzalligini takrorladi:

- Mamlakatdagi mavjud bo‘hronni kuch qo‘llash orqali hal etib bo‘lmaydi. Biz toliblarni Qandahorning Spinbo‘ldak chegara tumanidan nariroqqacha haydab chiqarganimiz bilan masalaga yechim topolmaymiz. Toliblar ham bizni yengolmaydilar. Har holda bu mushkulotni tinch yo‘llar bilan bartaraf etganimiz ma‘qul, - dedi general Do‘stim.

Afg‘oniston vitse-prezidentining matbuot ishlari bo‘yicha yordamchisi Sulton Fayziy general Do‘stim shimolga yetib borishi bilan mazkur hududlarda jangarilar hujumlari to‘xtaganini bildirib, yaqin kunlarda Faryob viloyatida jangarilar tarafidan ishg‘ol etilgan qator qishloqlarni ozod etish uchun harbiy amaliyotlar o‘tkazilishi borasida xabar berdi.

Ayni paytda u Faryob viloyatida Toliblarning 200 kishilik bir guruhi general Do‘stim da‘vati asosida davlatga taslim bo‘lishi ehtimoli xususida ham so‘z yuritdi.

XS
SM
MD
LG