Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:36

Telegramda hijobli suratini qo‘ygan qizlar prokuraturaga chaqirildi


Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Toshkent shahar MXXsining ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni kuzatadigan mulozimi ko‘rsatmasiga binoan¸ ijtimoiy tarmoqlar¸ xususan Telegramdagi avatarlariga o‘rangan suratini qo‘ygan va diniy mazmundagi sahifalarga kirgan kollej o‘quvchilaridan o‘ndan ortig‘i bilan prokuratura xodimlari suhbat o‘tkazgan.

O‘zini Oysha deb tanishtirgan 17 yashar toshkentlik Telegram foydalanuvchisi o‘z sahifasiga o‘rangan holda rasmini qo‘ygani uchun prokuraturaga chaqirtirilgtanini bildirdi:

- O‘zim kollejda ochiq yuraman¸ lekin sotssetda o‘g‘il bolalar gap otmasin deb hijob o‘rab rasmga tushib avatarga qo‘yuvdim. Ënimizdagi internet kafedan bir-ikki marta sahifamga kirgan edim. Shundan prokuratura xabar topibdi. Kollej direktorining ma’naviyat bo‘yicha o‘rinbosarining o‘zi meni prokuraturaga etaklab bordi. Chilonzordagi prokuraturada o‘zini Haët deb tanishtirgan 25 ëshlar chamasidagi yigit men bilan suhbat qildi. "Nega o‘ranib rasm qo‘ydingiz? Nega islomiy mazmundagi tekstlar va arab ëzuvli rasmlarni qo‘ydingiz?" deb so‘rab¸ tushuntirish xati olib chiqarib yubordi. Yo‘lakda yana bir-ikkita qiz kutib o‘tirar edi. Menimcha ular ham shu masalada chaqirilgan. Hozir Telegram va Odnodagi akauntlarimni o‘chirib tashladim¸ deydi suhbatdosh.

Ozodlika ma’lum bo‘lishicha¸ Toshkent shahar MXXsining ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni kuzatadigan mulozimining ëzma ko‘rsatmasiga binoan¸ ijtimoiy tarmoqlardagi diniy mazmundagi sahifalariga kirgan shahardagi kollej o‘quvchilaridan o‘ndan ortig‘i bilan prokuratura suhbat o‘tkazgan.

Ozodlikning Toshkent Pedagogika kasb-hunar kollejidagi manbalarining aytishicha¸ bu o‘quv yurti talabalari bilan o‘tgan haftada “ijtimoiy tarmoqlardagi diniy radikalizmning zarari haqida” tarbiyaviy soat o‘tkazilgan.

Ayni mazmundagi suhbatlar Chilonzor Tibbiyot kolleji va Parkentdagi Sanoat-iqtisodiët va Servis kasb-hunar kollejlarida ham o‘tkazilgan.

Bu suhbatlardan keyin Telegramdagi yuzerlardan biri o‘z sahifasiga e’lon qo‘yib tarmoq faollarini ro‘mol o‘rab rasm qo‘ymaslikka chorladi.

“Profildagi rasmlarni¸ o‘rangan qizlarni rasmlariniyam¸ arabchada ëzilganlarni ham prokuraturaga chaqirishayapti. Opajonlar¸ singiljonlar, iltimos, diniy narsalar yubormanglar¸ ro‘molu hijob qilib yurmanglar. Yangi qonun bo‘yicha so‘roq qilib jazolashar ekan. Eng muhimi, islomiy gap-so‘zlar, rasmlar bo‘lmasin. Ogoh bo‘linglar. Internetda reyd ketayapti. Ehtiët bo‘linglar. Guruhlar tekshirilayapti¸ saytlar yangi programma bilan tekshirilayapti. Majlislarda ogohlantirishgani uchun bu xabarni aytdim”, deb ëzdi Telegramdagi ogohlantiruvchi.

Lotin va kiril alifbosida ëzilgan bu xabar shu kunda Telegramning minglab yuzerlari orasida tarqalmoqda.

O‘zini Oysha deb tanishtirgan 17 yashar toshkentlik yuzerning Ozodlikka bildirishicha¸ Telegramda porno rasm va video qo‘yganlar haqida majlislarda ham, prokuratura suhbatida ham gapirilmagan:

- Bilasizmi-yo‘qmi, ammo o‘g‘il bola tenqurlarim bemalol tarmoqqa uyatsiz kinolarni yuklab, maqtanib yurishadi. Ularni ham ustozlar koyiydi, lekin hech kim ularni prokuraturaga chaqirtirib tergagani yo‘q. Men nomozga qo‘l ochib turgan muslima aël stikerini o‘z sahifamga ko‘chirib qo‘yganim uchun qancha gap eshitdim deydi¸ suhbatdosh.

Telegram, Odnoklasniki kabi tarmoqlar O‘zbekiston talabalari orasida xabar almashinuvning tezkor turi sifatida keng tarqalgan.

O‘zbek talabalarini "tarmoqlarning salbiy ta’siridan qutqarish" ishlari keyingi ikki yil ichida izchillik kasb qilgani ko‘rinadi.

XS
SM
MD
LG