Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:29

Rossiya Turkiya bilan vizasiz rejimni bekor qildi


Rossiya yangi yilning 1 yanvaridan boshlab Turkiya bilan vizasiz rejimni bekor qildi. Bu haqda bugun Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Rossiya yangi yilning 1 yanvaridan boshlab Turkiya bilan vizasiz rejimni bekor qildi. Bu haqda bugun Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Shuningdek, juma kuni Rossiya Turkiya bilan barcha harbiy bitimlarni to‘xtatgani xabar qilindi.

TASS ma’lumotiga ko‘ra, juma kuni Kremlь Turkiyaning Rossiyaga tegishli Su-24 qiruvchi uchqichi urib tushurilganiga javoban qora dengizdagi BLACKSEAFOR harbiy-dengiz o‘quv mashg‘ulotlaridagi ishtirokini ham to‘xtatgan.

Yaqinda Bosh vazir Dmitriy Medvedov Turkiyaga qarshi sanktsiyalarni ishlab chiqish borasida ko‘rsatma berdi.

Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti tomonidan 24 noyabr kuni ertalab urib tushirilgan edi.

Rasmiy Anqara rus samolyoti Turkiya chegarasini buzib o‘tgani uchun urib tushirilganini, urib tushirilishdan oldin rus uchuvchilariga o‘ndan ortiq ogohlantirish berilganini bildirgan. Biroq Rossiya rus uchog‘i Turkiya chegarasini buzib o‘tmaganini, samolyot turk harbiylari tomonidan Suriya hududida urib tushirilganini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG