Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:08

Rossiya turk meva-sabzavotlari o‘rnini o‘zbekniki bilan to‘ldirmoqchi


Rossiya Turkiyadan meva-sabzavot sotib olishni to‘xtatishi va ular o‘rnini O‘zbekiston, Eron kabi mamlakatlardan olinadigan mahsulotlar bilan to‘ldirishi mumkin.

Bu haqda Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyov Rossiya-1 kanaliga bergan intervьyusida ta’kidladi.

Hozirda Rossiyaga chetdan etkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlarining 20 foizi Turkiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tsitrus mahsulotlarining qariyb to‘rtdan bir qismi Rossiyaga Turkiyadan keltiriladi.

– Mevalarni Eron Ozarbayjon, O‘zbekiston, Marokash, Isroil kabi davlatlardan keltirsa bo‘ladi. Tsmtrus masalasida Argentina, Janubiy Afrika Respublikasini jalb etish mumkin, - dedi Tkachyov.

Turkiya Rossiyaning Su-24 harbiy uchog‘ini urib tushirganiga javoban Bosh vazir Dmitriy Medvedov Turkiyaga qarshi sanktsiyalarni ishlab chiqish borasida ko‘rsatma bergan.

XS
SM
MD
LG