Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:51

Qozog‘istonda Birinchi prezident - Nazarboev kuni nishonlanmoqda


Qozog‘istonda 1 dekabr - Birinchi prezident Nursulton Nazarboev kuni nishonlanmoqda. Bu kun mamlakatda dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Ammo, hamma tashkilot va muassasalar amaldagi prezident Nursulton Nazarboev sha’niga maqtovlar, tabriklardan iborat bayram tadbirlarini nishonlash bilan band bo‘ladi.

Qozog‘istonda 1 dekabr - Birinchi prezident kunida mamlakatda ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlari, korxonalari ishchilari dam oladi.

Qozog‘iston tarixidagi birinchi prezidenti - amaldagi prezident Nursulton Nazarboev sha’niga maqtovlar, tabriklarni o‘zi ichiga olgan tadbirlar mamlakat bo‘ylab tashkil qilinadi. Bu tadbirlar mavzui har yili prezident apparati tomonidan belgilanadi.

Qozog‘istonda bu bayram 2012 yildan boshlab nishonlanmoqda. 1991 yilning 1 dekabrida Nursulton Nazarboev umumxalq saylovlarida mamlakatning ilk prezidenti etib saylangan. O‘shanda u saylovdagi yagona nomzod bo‘lgan.

Mamlakatda Nazarboev shaxsiga bog‘langan yana bir bayram - Ostona kunidir. Bu har yili 6 iyulь - Nursulton Nazarboev tug‘ilgan kuni nishonlanadi. Bu kundagi tadbirlarning tematikasi ham har yili hukumat tomonidan belgilanadi va tadbirlarning asosiy mazmuni amaldagi prezidentni ulug‘lashdan iborat bo‘ladi.

1-dekabr - Qozog‘istonda Birinchi prezident - Nursulton Nazapboev kuni nishonlanayotgan bir kezda Ozodlik o‘zbekistonlik mushtariylariga savol bilan yuzlanmoqchi:

O‘zbekistonda Birinchi prezident - Islom Karimov kuni nishonlanishini istarmidingiz?

Fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz:

WhatsApp+420 724 971 539, Ozodskype, Ozodovoz, Ozodlikonline skayp manzillari va ijtimoiy tarmoqlaridagi Ozodlik sahifalariga murojaat qiling!

XS
SM
MD
LG