Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:59

Mamadali Mahmudov "E’tiqod erkinligi" mukofotiga tavsiya qilindi


Qarorgohi Londonda joylashgan E’tiqod erkinligi uchun kurash olib boruvchi "Senzura indeksi" xalqaro tashkiloti o‘zbekistonlik adib Mamadali Mahmudov nomzodini 2016 yilgi mukofotiga ilgari surdi.

Xalqaro tashkilotning "E’tiqod erkinligi" mukofoti so‘z erkinligi bo‘g‘ilgan mamlakatlarda faoliyat qilayotgan jurnalist, yozuvchi, shoir, rassomlarga beriladi.

"Senzura indeksi" xalqaro tashkiloti 16 nafar mukofot sohibini fevral oyida e’lon qiladi.

75 yoshli Mamadali Mahmudov 14 yil O‘zbekiston qamoqxonasida o‘tirdi.

Yozuvchi 1999 yilgi 16 fevraldagi Toshkent portlashlariga aloqadorlik aybi bilan portlashlardan 10 kun o‘tib hibsga olindi 14 yilga hukm etildi.

Mamadali Mahmudov 2013 yilda qamoqdan ozod etildi.

XS
SM
MD
LG