Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:49

Tayvanda zilziladan kamida yetti odam nobud bo‘ldi, yuzlab odam boshpanasiz qoldi


Tayvanda 6,4 ball kuch bilan ro‘y bergan zilzila oqibatida kamida yetti odam halok bo‘ldi, yuzlab odam boshpanasiz qoldi.

Halok bo‘lgan odamlarning jasadlari zilziladan vayron bo‘lgan ko‘pqavtli uylar ostidan olib chiqilgan.

Yana kamida o‘ttizdan ortiq odamning uy varonalari ostida qolgani aytilmoqda. Ularni qutqarish uchun yuzlab harbiy xizmatchi jalb etilgan.

Tayvanda zilzila shanba kuni ertalab ro‘y berdi. Ayni shu kuni tayvanliklar oy kalendari bo‘yicha yangi yilni bayram qilishadi.

XS
SM
MD
LG