Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:32

20 mingga yaqin suriyalik hukumat kuchlarining hujumlari ortidan Turkiya chegaralariga yopirilgan


Suriyaning Halab shahri atroflarida hukumat kuchlari amalga oshirgan shiddatli bombardimonlar ortidan 20 mingga yaqin suriyalik Turkiya chegaralariga yopirilgan.

Hozirda Suriyadagi hukumat kuchlari Rossiya harbiy uchoqlarining havodan berayotgan dastagi ostida suriyalik isyonkorlar nazorat qilayotgan Halab shahrini qurshovga olgan.

Britaniyadagi Suriya inson huquqlari guruhiga ko‘ra, 5 fevral kuni Halab shahriga yaqin hududlarda isyonkorlar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv oqibatida 120dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Hozirda hukumat kuchlari isyonkorlarning ta’minot yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Buni oqibatida Halabda 300 mingdan ortiq odam iskanja ichida qolgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG