Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:31

Serbiyada jurnalistni haqorat qilgan mudofaa vaziri lavozimidan olindi


Serbiya parlamenti shanba kuni mamlakat mudofaa vaziri Bratislav Gashichni lavozimidan olish haqida qaror chiqardi.

Parlamentning bunda qaror chiqarishiga Gashichning “B92” serb telekanali jurnalisti nomiga aytgan haqoratli gaplari sabab bo‘ldi.

Dekabr oyida Belgradda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bratislav Gashichning “to‘nqayib savol beradigan jurnalist ayollarni qanchalar yaxshi ko‘raman”, deya “B92” muxbiriga qarata aytgan kinoya gaplari katta janjalga sabab bo‘lgandi.

Operatorlar ishiga halal bermaslik uchun jurnalist o‘shanda vazirga egilib savol bergandi.

Vazirning haqoratomuz gaplari ortidan jurnalistning hamkasblari Belgradda norozilik aksiyalari o‘tkazishdi.

Noroziliklar ortidan Gashich jurnalistdan kechirim ham so‘radi.

Endilikda lavozimidan ayrilgan Bratislav Gashich o‘rniga bosh vazir 15 kun ichida yangi mudofaa vazirini tayinlashi kerak.

XS
SM
MD
LG