Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:24

OITS va boshqa yuqumli kasalliklarga mubtalo bo‘lgan muhojirlar Rossiyadan badarg‘a qilinadi


Orttirilgan immun taqchilligi sindromi, sifilis va sil kasalliklari aniqlangan 133 nafar o‘zbekistonlik va tojikistonlik mehnat muhojiri Rossiyaning Perm o‘lkasidan vatanlariga deportatsiya qilinadi.

Bu haqda Perm shahridagi Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash markazi mulozimlari jurnalistlarga ma’lum qildi.

- Rossiyaning Perm o‘lkasidga ishlagani kelgan 133 nafar o‘zbek va tojik fuqarosida OITV, sifilis va sil kasalliklari aniqlandi va ular mamlakatdan deportatsiya qilinadi, - dedi markaz rahbari muovini Aleksey Fursov.

Markaz hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yilda Rossiyaning birgina Perm o‘lkasida xorijliklarning 163 nafarida yuqumli kasalliklar qayd etilgan.

Shulardan, 23 nafarida OITV, 30 nafarida sil, 110 navarida sifilis kasalliklari aniqlangan.

Bu 2014 yildagi raqamlardan bir yarim baravar ko‘pdir. Ayni paytda O‘zbekistonda Rossiyadan qaytib kelgan mehnat muxojirlari majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgani haqda Ozodlik avval xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG