Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:26

Tamila: “Jirkanch videolar”ning menga hech aloqasi yo‘q...


O‘zbekistonlik xonanda Tamila (asli ismi Raxmatova Esmiralda Najmiddinovna) Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan "behayo videolar"dagi ayol u emasligi va Qozog‘istonga chiqib ketgani haqidagi xabarlar ham yolg‘on ekanini ta’kidladi.

Tamilaning bu haqdagi videomurojaati shanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Xonanda qorong‘uda avtomobili rulini boshqarib borayotib, hozirda Toshkentda ekani va Telegram tarmog‘ida tarqalgan videolarga mutlaqo aloqasi yo‘qligini iddao qiladi.

“Hurmatli ijtimoiy tarmoq a’zolari. O‘sha jirkanch videolar bilan meni adashtirmang, bu videolarning menga hech aloqasi yo‘q. Dastlabki tekshiruvlar bu videomateriallar qalbaki ekanini aniqladi va ekspertlarning bu boradagi rasmiy xulosalari mening prodyusserlik markazimga taqdim etildi. Bugun 3 fevral, 2016 yil, men mana sevimli shahrim Toshkentdaman, hech qaerga ketganim yo‘q. Meni hush ko‘rmaydiganlarga yana shuni aytamanki, men Toshkentdan hech qaerga ketmaganman va ketish niyatim ham yo‘q. Meni qo‘llab-quvvatlayotganlarga samimiy minnatdorchiligimni yetkazmoqchiman”, - deydi Tamila.

Bundan avval “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi o‘zbekistonlik xonanda Tamilani (asli ismi Raxmatova Esmiralda Najmiddinovna​) Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan "behayo videolar" ortidan litsenziyadan mahrum etgan edi.

“O‘zbeknavo” litsenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlarni buzganligi sababli qo‘shiqchini litsenziyadan mahrum etganini bildirgandi.

Telegram tarmog‘ida tarqalgan video sabab xonandaning prodyuseri Najot Ag‘zamov ham Tamiladan yuz o‘girgani, u bilan hamkorlikni to‘xtatganini aytgan.

“Behayo videolar”

Rassom Tuz Tamilaning litsenziyadan mahrum qilinishini hajv qilgan.
Rassom Tuz Tamilaning litsenziyadan mahrum qilinishini hajv qilgan.

28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda noma’lum erkak o‘zbek xonandasi Tamila ekani iddao qilinayotgan ayoldan yulduz bo‘lguniga qadar u kim bo‘lgani haqida so‘raydi.

Ayol esa shartta o‘rnidan turadi-da, ishtonini yechib, kameraga orqasini to‘nqaytirib qaratadi.

Yana bir videoda Tamila ekani taxmin etilayotgan yalang‘och ayol katta yo‘l o‘rtasida to‘nqayib, orqasini ko‘rsatadi.

Tamila Sayyod.com saytiga birinchi videorolikdagi ayol o‘zi ekanligi, lekin ikkinchi videodagi ayol u emasligini aytdi.

Daxlsizlik huquqi

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda “Tamila bu ishni jamoatchilik oldida qilmadiku, nega privat suhbat davomida olingan va uning iznisiz chiqarib yuborilgan video uchun uni tarqatgan odam emas, qo‘shiqchi jazolanishi kerak”, degan fikrlar ham aytilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida “Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas” deyilgan.

Tamila himoyachilari ayni vaqtda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Je suis Tamila” guruhini tuzishgan.

Tamila bunda avval ham litsenziyadan maxrum etilgan. 2015 yil noyabr oyida xonanda qaytadan litsenziyani qo‘lga kiritib, O‘zbekiston va xorijda kontsert-tomosha yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini olib borish huquqiga ega bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG