Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:51

Afg‘oniston hukumati bilan Tolibon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish urinishi kuchaymoqda


Afg‘oniston Bosh ijroiya raisi Abdulla Abdulla
Afg‘oniston Bosh ijroiya raisi Abdulla Abdulla

Afg‘onistonda zo‘ravonlikni tugatishga qaratilgan muzokaralarda ishtirok etayotgan to‘rt davlat vakillari fevral oxirigacha Afg‘oniston hukumati Tolibon harakati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralarini boshlashiga erishish sa’y-harakatlarni kuchaytirish niyatini bildirishdi.

Islomobodda uchrashgan Afg‘oniston, Pokiston, AQSh va Xitoy rasmiylari bu haqda 6 fevral kuni bayon qilishdi.

Ularning aytishicha, bu mamlakatlar “Afg‘oniston hukumati hamda Tolibon harakati vakillari o‘rtasida 2016 yilning fevral oyi oxirigacha o‘tkazilishi kutilayotgan muzokaralarning aniq sanasini belgilash uchun mushtaraka harakatlar davom etadi”.

Diplomatlar e’lon qilgan bayonotda “Guruh tinchlik o‘rnatish jarayoni siyosiy kelishuvga olib kelishi, bu esa o‘z navbatida zo‘ravonlikka barham berishi hamda Afg‘onistonda davomli tinchlik o‘rnatishi kerakligiga urg‘u berdi”, deyiladi.

Bayonotda shuningdek guruhning navbatdagi uchrashuvi 23 fevral kuni Kobulda o‘tkazilishi aytilgan.

Pokiston toliblar hamda Afg‘oniston hukumati o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishiga erishish uchun “amalda bajarib bo‘ladigan yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga chaqirdi.

Pokiston prezidentining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Sartoj Aziz muzokaralar boshlanishidan avval “Afg‘oniston hukumati hamda toliblarga oid guruhlar o‘rtasida tinchlik jarayonini boshlash uchun tushunarli, aniq belgilangan hamda bajarish mumkin bo‘lgan yo‘l xaritasini ishlab chiqish juda muhim, deb hisoblaymiz”, dedi.

Pokistondagi Tolibon harakatiga doir guruhlarning muzokaralarga jalb etishda Islomobodning muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Kobul ham bu jarayonga o‘z hissasini qo‘shishga ishtiyoqmand ekanligini bildirgan.

Afg‘oniston Bosh ijroiya raisi Abdulla Abdullaning matbuot kotibi yordamchisi Javad Faysal Associated Press agengtligiga bergan intervyusida: “To‘rt tomonlama uchrashuvlarimiz va avvalgi ikki so‘zlashuvralrning tez orada samara berishini ishtiyoq bilan kutyapmiz”, dedi.

Pokiston vakili Aziz yo‘l xaritasi “iloji boricha ko‘proq Tolibon guruhlarini muzokaralarga jalb qilishni ko‘zlashi” kerakligini aytdi.

“Bu isyonchi guruhlarni asosiy siyosiy oqimga qo‘shilishga chaqirish jarayonini tezlashtiradi hamda yon berishni istamaydiganlar faoliyatini cheklaydi,” deya qo‘shimcha qildi u.

Aziz to‘rt tomonning birga ish olib borishi toliblarni muzokaralarda ishtirok etishga ko‘ndirishini hamda zo‘ravonlikni “ancha” kamaytirishini aytdi.

Muzokaralarning ilk bosqichi o‘tgan oyda Islomobod shahrida, ikkinchi bosqichi 18 yanvarda Kobulda bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvlarda toliblar Afg‘oniston hukumati bilan shart qo‘ymasdan muzokara qilishga chaqirildi.

Toliblar hali birorta ham tinchlik muzokarasida ishtirok etgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG