Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:14

Rossiyada vertolyot qulashi oqibatida to‘rt kishi nobud bo‘ldi


Rossiyaning Pskov viloyatida vertolyot qulashi ortidan to‘rt kishi halok bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Mi-8 vertolyoti rejadagi mashq chog‘ida qulagan, buning oqibatida uchuvchi va uch texnik xodim hayotdan ko‘z yumgan.

Vertolyotning halokatga uchrash sabablari hozircha aniq emas. Voqea joyiga qutqaruvchilar guruhi etib borgan.

Rossiyada Mi-8 vertolyotlarining qulashi so‘nggi paytlarda ko‘p kuzatilmoqda. 1960-yillarda ishlab chiqilgan bu vertolyotlar xavfsizlik darajasining pastligi tufayli tanqid qilib kelinadi. 2014 yil iyunida Murmansk viloyatida Mi-8 vertolyoti qulashi ortidan 15 kishi halok bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG