Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:13

Germaniya janubida poezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 9 odam halok bo‘ldi


Germaniya janubidagi Bavariyada poezdlar to‘qnashishi oqibatida kamida to‘qqiz odam nobud bo‘ldi, yuzga yaqin odam yaralandi. Halokat Myunxendan 60 kilometr janubdagi Bad-Aybling kurort shaharchasi yaqinida seshanba kuni ro‘y berdi. Halok bo‘lganlar soni yana ortishi mumkinligi aytilmoqda.

Meridian temir yo‘l shirkati vakillariga ko‘ra, Rozenxaym va Xolьtskirxen qishloqlari orasida biri biriga qarama qarshi harakatlanayotgan poezdlar seshanba kuni ertalab 7larda yuzma yuz urilgan.

Oqibatda poezdlardan biri izidan chiqib ketgan va bir qancha vagoni ag‘darilgan.

Rozenxaym va Xoltskirxen qishloqlari orasida biri biriga qarama qarshi harakatlanayotgan poezdlar yuzma yuz urilgan.
Rozenxaym va Xoltskirxen qishloqlari orasida biri biriga qarama qarshi harakatlanayotgan poezdlar yuzma yuz urilgan.

Germaniya politsiyasiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida har ikki poezd haydovchilari va konduktorlari bor. Haloka bo‘lganlar soni oshishi mumkin.

Halokat sabablari hozircha ma’lum emas. Politsiya mulozimlari bu Bavariyadagi so‘nggi o‘n yilliklar ichidagi eng yirik poezd halokati ekanini aytishmoqda.

Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

XS
SM
MD
LG