Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:04

Kerri: Rossiyaning havo zarbalari Suriyadagi tinchlik jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiyaning Suriyada qariyb besh yildan buyon davom etayotgan urushga doxil bo‘lishi bu mamlakatda muzokaralar orqali tinchlik o‘rnatish jarayonini qiyinlashtirayotganini bildirdi.

“Rossiyaning Halabdagi va mintaqadagi harakatlari muzokaralar va jiddiy munozaralarni favqulodda qiyinlashtirib yuborayapti”, dedi Kerri 9 fevral kungi chiqishida.

AQSh Davlat kotibi 10 fevral kuni Myunxenda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashishini ma’lum qildi.

Lavrov Moskva Vashingtonga Suriyadagi urushni to‘xtatish borasida yangi takliflarni taqdim etganini bildirgan.

“Moskovskiy komsomolets” gazetasida 9 fevral kuni chop qilingan intervyusida Sergey Lavrov bu reja spetsifik va sodda ekanini aytgan, biroq rejaga doir tafsilotlarni ochiqlamagan.

Suriya prezidenti Bashar Assadni dastaklayotgan Rossiya o‘tgan yilning 30 sentyabridan beri bu mamlakatda jangovar amaliyotlarni o‘tkazib kelmoqda. Moskva Suriyada ekstremistik guruhlarni nishonga olayotganini iddao qiladi. Kreml tanqidchilari esa Rossiya uchoqlari “Islomiy davlat” guruhi istehkomlari bilan birgalikda mo‘’tadil muxolifat pozitsiyalarini ham nishonga olayotganlarini aytib keladilar.

XS
SM
MD
LG