Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:12

Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikdagi o‘g‘itlar zavodi qurildi


Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikdagi Samarkand-NPK qo‘shma korxonasining o‘g‘itlar zavodi qurib bitkazildi.

Kun.uz nashrining viloyat rasmiylariga tayanib, xabar qilishicha, mazkur zavodda azot, fosfor va kaliy moddalaridan tarkib topgan NPK o‘g‘it ishlab chiqariladi. Zavodda yiliga 240 ming tonna NPK o‘g‘it ishlab chiqarish rejalangan.

Qo‘shma korxona Xitoyning Jiangsu Right Machinery Group kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

“O‘zkimyosanoat” shirkati murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi yana bir zavodni Navoiy viloyatida qurishni rejalashtirgan. Markaziy Qizilqumda, fosforit moddalar konida quriladigan 380 million dollarlik yangi zavodni 2018 yilgacha bitkazilishi aytilgan.

XS
SM
MD
LG