Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:31

Interpol Xodorkovskiyni xalqaro qidiruvga berish borasidagi Moskva so‘rovini rad etdi


Interpol YuKOS shirkatining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyni xalqaro qidiruvga berish borasidagi Moskva so‘rovini rad qildi.

Bu haqda Interpolning Liondagi bosh qarorgohi Rossiya axborot agentligi muxbiriga ma’lum qildi.

Interpol rahbariyatiga ko‘ra, Moskvaning so‘rovi tashkilot qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi.

Avvalroq, Interpolning Moskvadagi milliy byurosi Xodorkovskiy Nefteyugansk meri Vladimir Petuxov o‘limiga aloqadorlikda ayblanayotgani yuzasidan uni qidiruvga bergan edi.

Interpol rahbariyati Moskvadagi byurosi Xodorkovskiyning qidiruvga berilgani haqdagi ma’lumotni markaziy ofisni xabardor qilmay turib tashkilotni barcha a’zollariga tarqatib yuborgan va Interpol nizomini buzgan demoqda.

XS
SM
MD
LG