Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:23

Ukraina prezidenti Putinni agressiyada aybladi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Myunxenda o‘tayotgan xalqaro anjumanda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni agressiyada aybladi.

– Janob Putin, Ukrainada fuqarolar urushi bo‘layotgani yo‘q, bu sizning agressiyangizdir, sizni askarlaringiz mening mamlakatimga bostirib kirishdi, - dedi Poroshenko.

Ukraina rahbari o‘z chiqishida, shuningdek, Donbasdagi nizoni bartaraf etish borasida Moskvani Minskda erishilgan bitimga to‘laligicha amal qilishga chaqirdi.

Poroshenkoning ta’kidicha, bu yerda gap nafaqat Ukraina xavfsiziligi, balki butun Yevropa va dunyo xavfsizligi haqida boryapti.

Bu yil Myunxendagi xalqaro xavfsizlik anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etmayapti.

Myunxenda Rossiyani tamsil etayotgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Kievni Minsk kelishimi doirasida olgan majburiyatlarini bajarishni istamayotganlikda aybladi.

XS
SM
MD
LG