Линклар

Шошилинч хабар
06 май 2024, Тошкент вақти: 22:15

BahsOnline: O‘zbekistonlik siyosiy qochqinning qanchasi siyosiy?


O‘zbekistonlik taniqli inson huquqlari faoli Dmitriy Tixonovning tazyiqlar ortidan mamlakatni tark qilishi fonida o‘zbekistonlik qochqinlar muammosi yana jamoatchilik e’tiboriga tushdi.

"Nega tazyiq ostidagi falonchi O‘zbekistonni tark etmadiyu pistonchi tark etdi?" degan gap-so‘zlar urchidi.

“BMTning Qochqinlar haqidagi konventsiyasini suiiste’mol qilib¸ G‘arbdagi yaxshi haëtga sherik bo‘lish ilinjida o‘zini O‘zbekistonda siyosiy va diniy tazyiqqa uchragan qilib ko‘rsatayotganlar soni ko‘paymoqda”, degan iddaolar ham paydo bo‘ldi.

Sharqiy Yevropa mamlakatlarida esa, ba’zi tashkilotlar shu kunlarda qochqinlarni obro‘sizlantirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazmoqda.

BahsOnlinening bu sonida "O‘zbekistonlik siyosiy qochqinning qanchasi siyosiy?" degan savol javobini qidiramiz.

Yolg‘on ma’lumotlar bilan qochqinlik maqomi olishdan kim zarar ko‘radi?

Bir o‘zbekning yolg‘on ma’lumot evaziga bo‘lsa ham G‘arbda yaxshiroq hayotga intilishida nima qusur bor?

Bu savollarga javoblaringiz bo‘lsa yoki shu savol Cizni ham o‘ylantirayotgan va bu borada jamoatchilikka aytishni istagan fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, marhamat qilib, bahsimizga qo‘shiling!

Qochqinlik muammosiga yechim izlagan konvensiya

1951 yil 28 iyul kuni Jenevada qabul qilingan Qochqinlar haqidagi konventsiya o‘z yurtlarida siyosiy qarashlari¸ diniy e’tiqodi¸ irqi yoki jinsiy orientatsiyasiga ko‘ra tazyiqqa uchraganlarga xavfsiz mamlakatlardan boshpana berishni taqozo qiladi.

Ayni konvensiya joriy qilinganidan beri haqiqiy mazlumlar bilan birga yaxshi hayot ilinjida bo‘lgan¸ ammo o‘z yurtida jiddiy muammoga duch kelmagan avantyuristlarning ham qochqinlik maqomi olganligi aytiladi.

Har qochgan Furqat emas...

O‘zbekistonning yaqin tarixida siyosiy qarashlari bois mamlakatdan qochganlar haqida hikoyalar ko‘p.

Ulardan eng mashhuri Turkiston general-gubernatorining ad’yutanti Nikolay Granduk hajv qilingan she’rini besh-olti nusxa ko‘chirtirib, har yerga yopishtirib chiqqanidan keyin o‘lim xavfi bilan yuzma-yuz bo‘lgan Furqat hikoyasidir.

Osib o‘ldirilish xavfidan qo‘rqqan Furqat 1890 yil oxirida Toshkentdan qochib Buxoro, Marv, Ashxobod, Boku, Tbilisi, Botumi orqali Istanbulga o‘tadi.

1891 yil dekabridan 1892 yil martiga qadar Bolgariya va Gretsiyada, sentyabrida esa Hindistonda bo‘ladi. Qolgan umrini Sharqiy Turkistonning Yorkentida o‘tkazadi.

Agar Furqat hozir yashaganida¸ uning hikoyasi bilan tanishgan BMT Qochqinlar idorasi unga qochqinlik maqomini bergan bo‘lar edi.

O‘z vatanida o‘lim xavfi bo‘lgan Furqat kabi qochqinlar sonining 2016 yilga kelib 50 milliondan ko‘proq ekani aytiladi.

Bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta raqamdir.

Ammo ular orasida yolg‘on ma’lumot evaziga maqom olgan qochqinlar ham ko‘pligi iddao qilinadi.

Yevropaning qochqinlar lagerlarida "o‘zbek muxolifati faoliman" deb iddao qilayotgan soxta iltijochilar borligi aytiladi.

Ozodlik tasarrufidagi materiallarga ko‘ra¸ keyingi yillarda umrida namoz o‘qimagan o‘zbekistonliklarning "dindorligim uchun ta’qib ostidaman"¸ deya qochqinlik so‘rash hollari¸ ayniqsa¸ urchigan.

Bu borada jamoatchilikka aytishni istagan fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, marhamat qilib, bahsimizga qo‘shiling!

BahsOnline jonli muloqotining navbatdagi soni chorshanba, 31 mart, Toshkent vaqti bilan soat 19:05 da boshlanadi!

Marhamat, siz ham bog‘laning:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713

SKYPE: Ozodskype, Ozodlikonline, Ozodovoz

XS
SM
MD
LG