Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev bolalar haqlarini himoya qilishga oid qonunchilikka o‘zgartish va to‘ldirishlar kiritish jarayonining uzviy qismi sifatida bachchabozlikda ayblangan shaxslarni kimyoviy bichish haqidagi qonunga qo‘l qo‘ydi.
Qozog‘iston Jinoyat-ijro kodeksiga o‘zgartish kiritishni ko‘zda tutuvchi mazkur qonun mart oyida parlament tomonidan tasdiqlandi va prezident imzo chekkan 21 apreldan boshlab kuchga kirdi.
Qozoq deputatlari bergan izohga ko‘ra¸ kimyoviy bichish jarrohlik amaliyotini ko‘zda tutmaydi. Bu amaliyot davomida sud tomonidan pedofil deb topilgan shaxsning jinsiy istaklarini muayyan muddatga yo‘q qiladigan ukol qilinadi.
Qonunga ko‘ra¸ kimyoviy bichish haqidagi hukm faqat mahkama qarori asosida vrachlar tomonidan amalga oshiriladi.