Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:16

Avstriya Italiya bilan chegarasiga to‘siq o‘rnatishga kirishdi


Avstriya hukumati shimoliy va janubiy Yevropa o‘rtasidagi asosiy ko‘prik sanalgan Italiya bilan chegarasida to‘siq o‘rnatish rejasini e’lon qildi.

Ko‘pdan beri Avstriya hukumati Rim hukumatidan Afrikadan O‘rta yer dengizi orqali Italiyaga kelayotgan noqonuniy muhojirlar oqimini shimoliy Yevropaga o‘tishdan to‘xtatishni so‘rab keldi. Bunday so‘rovlari inobatga olinmagach¸ Vena Alp tog‘laridagi Brenner dovoniga chegara to‘sig‘i o‘rnatishga qaror qildi.

Avstriya tomoni chegarada to‘siq o‘rnatish taraddudini boshlagan ayni kunlarda Italiya Bosh vaziri Matteo Renzi Venaning bu qarorini “uyatsizlarcha Yevropa qoidalarini buzish¸ tarix¸ mantiq va kelajakka qarshi harakat” deb baholadi.

Shimoliy Italiyaga tutash Tirol mintaqasiga o‘rnatiladigan Avstriya chegara punktlarida avtomobillarni tekshirib¸ noqonuniy muhojirlarni tegishli qayddan o‘tkazish amaliyotining yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Ikkalasi ham chegaralarsiz Yevropa hududi sanalgan Shengen kelishuviga a’zo bo‘lgan Avstriya va Italiya o‘rtasidagi chegara to‘siqlari va tekshiruvlar 1985 yilda olib tashlangan.

XS
SM
MD
LG