Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:49

Jangarilar qo‘lidagi Aleppoga qilingan hujumlarda 60 dan oshiq odam o‘ldi


Chegara bilmas vrachlar tashkilotining bildirishicha¸ Suriyaning Aleppo shahrida jangarilar nazoratidagi kasalxonaga qilingan havo hujumlari oqibatida kamida 14 bemor va olti tibbiy xizmatchi nobud bo‘lgan.

Ayni paytda¸ Suriya Inson haqlari guruhiga ko‘ra¸ jangarilar qo‘lidagi hududlarga qilingan bugungi hujumlar oqibatida kamida 20 odam o‘lgan.

Keyingi 24 soat ichidagi hujum qurbonlari soni hozircha 61 nafarga yetdi.

22 apreldan beri Rossiya harbiylari ko‘magida Suriya hukumat qo‘shinlari Aleppoga uyushtirayotgan havo hujumlari oqibatida o‘lganlar soni 150 dan oshgan.

XS
SM
MD
LG