Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:35

Janna Nemsova otasining o‘limi uchun Ramzan Qodirovni so‘roq qilishga chaqirdi


Kreml¸ xususan¸ prezident Putinning keskin tanqidchisi bo‘lib kelgan Rossiya muxolifatining o‘ldirib ketilgan yetakchisi Boris Nemsovning qizi Tergov qo‘mitasiga so‘rov bilan murojaat qildi.

O‘z murojaatida Janna Nemsova otasining o‘limini tergov qilayotganlarni Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovni so‘roq qilishga chaqirdi.

Nemsovaning advokatiga ko‘ra¸ Janna Nemsova ushbu qotillik bo‘yicha so‘roq qilinishi lozim deb hisoblagan Qodirovga aloqador yana 9 shaxs nomini ham tergovga taqdim etgan.

Boris Nemsov 2015 yil 27 fevralida shundoqqina Kreml ostonasida otib ketilganidan so‘ng Germaniyaga chiqib ketdi va hozirda Deutsche Welle radiosida muxbirlik qilmoqda.

Nemsovni o‘ldirishga aloqadorlikda gumonlanib hozirga qadar bir necha chechenistonlik hibsga olingan.

Nemsov yaqinlari bu siyosiy qotillikning yuqori darajali Rossiya rasmiylari buyrug‘i bilan amalga oshirilganini aytib¸ tergov jarayonida haqiqat ochiqlanishiga shubha bildirib kelmoqdalar.

XS
SM
MD
LG