Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:34

Bryussel aeroportining zarar ko‘rgan zallari qisman ochildi


1 maydan boshlab Bryusselning "Zaventem" aeroportining zarar ko‘rgan chiqish zallari yo‘lovchilarga qisman xizmat ko‘rsata boshladi.

Aeroport rahbariyati uch yo‘nalish bo‘yicha zallar ishlayotganini ma’lum qildi.

Ayni paytda aeroportda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Yo‘lovchilarga parvozdan uch soat oldin aeroportga etib kelish so‘ralgan.

"Zaventem" aeroportining uchib ketish zalida 22 mart kuni ikki shaxs sodir etgan intihoriy hujumda 16 odam halok bo‘lgandi.

Ayni kunning o‘zida "Maalbek" metro bekatidagi portlashlar oqibatida yana 16 kishi halok bo‘ldi.

Portlashlar uchun mas’uliyatni "Islomiy davlat" ekstremist guruhi zimmasiga olgan.

XS
SM
MD
LG