Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:33

Tojikistonda go‘daklarga ruscha uslubdagi familiya berish man qilindi


Tojikistonda 29 aprel kuni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ruslarga xos qo‘shimcha bilan tugaydigan familiya berishni man etuvchi qonun kuchga kirdi.

Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlardagidek, Tojikistonda ham juda ko‘p odamning familiyasi ruscha uslubdadir. Yangi qonun mamlakatda milliy o‘zlikni shakllantirishga qaratilgan.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tojikistonliklarni slavyanlarga xos ismlarni tanlamaslikka chaqirdi. Prezident 2007 yil o‘z familiyasini Rahmonovdan Rahmonga o‘zgartirgan, buning ortidan tojikistonlik vazirlar, hukumat ishchilari hamda prezidentning farzandlari ham o‘z familiyalarini o‘zgartirgan edi.

Rahmon 2009 yil rus tilini Tojikiston rasmiy tillari safidan chiqargan.

Yangi qonunga binoan, familiyalarga “-ov” hamda “-ev” qo‘shimchasini qo‘shish man etiladi. Go‘daklarga tojiklarga xos qo‘shimcha bilan tugaydigan familiya berilishi kerak. Bunday qo‘shimchalar safiga “-zod”, “-pur” hamda “-far” suffikslari kiradi.

Yangi qonunga xorijda ishlovchi ayrim tojiklar e’tiroz bildirdi.

Tojikistonda avvalroq go‘daklarga yovvoyi hayvonlar yoki bolta, supurgi kabi uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini berish ham man etilgan edi. O‘shanda tojiklar umuman olganda “milliy madaniyat hamda an’anaga zid” ismlarni tanlamaslikka chaqirilgan edi.

Hozirda mamlakatda go‘daklarga berish mumkin bo‘lgan ismlar ro‘yxati ishlab chiqilmoqda. Ro‘yxatga 3000 ga yaqin ism kiritish rejalashtirilgan.

Yil boshida Tojikiston deputatlari arabcha va “xorijiy” eshitiladigan ismlarni man qiluvchi qonun loyihasini qabul olgan edi. Tojikistonda ota-onalar orasida bolalariga arabcha hamda an’anaviy islomiy ismlarni berish keng tarqalgan.

Tojikistonda qachonlardir Sumayya, Oysha, Osiya kabi Islomdagi taniqli shaxslar ismlaridan olingan nomlar deyarli umuman bo‘lmagan. Ammo keyingi yillarda qizlarga bunday ism berish ommalashdi. O‘g‘il bolalarga esa Muhammad, Yusuf, Abubakir ismlarini berish keng tarqaldi.

Yil boshida qabul olingan qonun loyihasi ismlarga mulla, xalifa, shayx, amir va sufiy kabi islomiy va arabcha prefiks va suffikslarni qo‘shish odatiga barham berishni ko‘zlaydi.

Tojikiston tashqi ishlar vazirligi yangi qonun matbuotda noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirdi. Fuqarolik holati aktlarini qayd qilish boshqarmaligi etakchisi o‘ribosari Jaloliddin Rahimov “Interfaks” agentligi bilan suhbatda go‘dakka beriladigan familiya otasi yoki onasi familiyasidan olinishini, yoki otasi ismidan tuzilishini bildirdi.

“Shunday ekan, bola ota-onasining famliyasi “-ov”, “-ev” qo‘shimchalari bilan tugasa, masalan, Petrov, Karimov bo‘lsa, unga ham shu familiyani berishlari mumkin”, dedi Rahimov. Rahimov yana qonun ruscha familiyalarni man etmasligini, shunchaki fuqarolarga tojikcha familiyani tanlashni tavsiya etishini qo‘shimcha qildi.

Ozodlik radiosining "Nastoyashchee vremya" dasturi ismlarni “tojiklashtiruvchi” dastur tayyorladi. O‘z ismingizning Tojikiston rasmiylariga ma’qul keladigan muqobili bilan tanishishni istasangiz, quyida linkni oching:

"Nastoyashchee vremya"

XS
SM
MD
LG