Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:21

“Rohat” avtosaloni 6 yildan beri “perechislenie”ga Damas sotmayapti


"Rohat" avtosalonida "Damas" olish uchun navbatga yozilishni istovchilarning o‘zi uzun navbat kutmoqda.
"Rohat" avtosalonida "Damas" olish uchun navbatga yozilishni istovchilarning o‘zi uzun navbat kutmoqda.

Sirdaryolik kichik tadbirkor Ne’matilla G‘aybullaev¸ 2010 yilda Toshkentdagi eng yirik “Rohat”avtosaloniga pul o‘tkazish yo‘li bilan Damas sotib olish bo‘yicha navbatga yozilgan. Bu orada odamlar o‘nlab Damas olib-sotdi¸ ammo mening 446-deb qayd etilgan navbatim hali ham kelmadi¸ deydi tadbirkor.

OzodlikOnline interaktiv dasturining so‘nggi soni O‘zbekiston avtomobil sanoatidagi korrupsiya va turli firibgarlik sxemalariga bag‘ishlandi.

Ana shu suhbatni eshitib¸ Ozodlikka murojaat qilgan sirdaryolik Ne’matilla G‘aybullaev¸ qalloblik va korrupsiya nafaqat GM Uzbekistan shirkati¸ balki uning dilerlik tizimlarida ham keng ildiz otganini aytadi.

- 2010 yilda Damasning narxi 11 million so‘m edi. O‘shanda firmam uchun uch dona Damas olish uchun hujjat topshirib¸ “Rohat” avtosalonidagi navbatga 446-bo‘lib yozilganman. Hozir bitta Damas 30 milliondan oshgan. Lekin shunga ham yo‘q. Har oy telefon qilaman¸ yo‘lim tushsa¸ salonga boraman. Aytadigan gapi bitta – perechisleniega Damas yo‘q¸ zavod bermayapti¸ navabtingiz kelsa¸ o‘zim xabar beramiz. Bu orada bitta bizning rayonda qancha odam tanish-bilish qilib¸ ustiga shapkasini berib¸ o‘ntalab Damas oldi. Olti yilda ham navbat kelmasa¸ bu qanaqasi? deydi Ozodlikka sirdaryolik tadbirkor.

"Роҳат" автосалонидан олти йилдан бери "Дамас" ололмаëтган тадбиркор ҳикояси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:01 0:00
Бевосита линк

Bu murojaat ortidan Ozodlik muxbiri “Rohat” avtosaloni xodimidan tadbirkorning ushbu savoliga oydinlik kiritishni so‘radi.

- Mashinani biz ishlab chiqarmaymiz. Zavod bizga so‘mda¸ perechisleniega umuman Damas bermayapti. Mashina faqat naqd dollarda sotiladi. Dollarni qaerdan olasiz¸ bilmaymiz. Lekin Damas dollarda sotilmaydi¸ naqd so‘mga ham yo‘q¸ perechisleniega umuman¸ dedi “Rohat avtosaloni xodimasi.

Ayni kunlarda GM Uzbekistan shirkati bosh direktori va shirkat faoliyatiga aloqador o‘ndan oshiq odamning hibsga olingani va MXX tomonidan so‘roq qilinayotgani aytilmoqda.

Bu shaxslar¸ rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra¸ turli jinoiy sxemalar orqali hujjatda Rossiyaga eksport qilindi¸ deb ko‘rsatilgan mashinalarni¸ Qozog‘iston chegarasidagi maxsus jamloqda saqlab¸ so‘ngra noqonuniy yo‘l bilan O‘zbekistonga “reeksport” qilgan va oradagi katta farqdan tushgan pullarni offshor hisoblariga yuborgan.

Yuqori lavozimli shaxslar homiyligida amalga oshirilgani aytilayotgan birgina “reeksport” sxemasi orqali 200 million dollar miqdorida daromad qilingan.

XS
SM
MD
LG