Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:34

Rossiyada o‘z bolasini o‘ldirganlikda ayblangan o‘zbekistonlik ayol sud qilinmoqda


Rossiyaning Tula shahrida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘ldirganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol sud qilinmoqda. Rossiya matbuotida xabar qilinishicha, mahkamaning ikkinchi majlisi 5 may kuni bo‘lib o‘tgan.

Tergovchilar taxminiga ko‘ra, ismi keltirilmayotgan O‘zbekiston fuqarosi o‘tgan yilning 20 avgust kuni Tula shahrining Yablochkov ko‘chasi 27-uy oldida yangi tug‘ilgan qizchasini bo‘g‘ib o‘ldirgan. Uyga kelgach, fuqaroviy eriga chaqaloq kasalxonada o‘lib qolganini aytgan. Prokurorlarning aytishicha, ayolning eri uning gaplariga ishonib, chaqaloqni shaharning musulmonlar qabristoniga olib borib, ko‘mib kelgan.

Shuningdek, tergovchilar taxminiga ko‘ra, ayblanuvchi jinoyatni sodir etgach, oilasi bilan O‘zbekistonga qaytiib ketmoqchi bo‘lgan. Sud majlisida chaqaloq tug‘ilgan kasalxona vrach va hamshiralari hamda uni dafn etishda ko‘maklashgan musulmon jamoasi a’zosi guvoh sifatida ishtirok etmoqda.

Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik muhojir ayollar o‘z chaqaloqlarini o‘ldirishi va sotishga harakat qilishi holatlari keyingi yillarda tez-tez uchramoqda.

O‘tgan oyda esa Xorazmda yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘ldirib, zovurga tashlab yuborgan ayol javobgarlikka tortildi.

XS
SM
MD
LG