Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:29

Ochiq jamiyat instituti: O‘zbekistonda korrupsiya hokimiyatni ushlab qolish vositasidir


Gulnora Karimova bilan bog‘liq “xalqaro tergovlar O‘zbekistondagi korrupsiya muammosiga diqqat tortdi, deyiladi hisobotda
Gulnora Karimova bilan bog‘liq “xalqaro tergovlar O‘zbekistondagi korrupsiya muammosiga diqqat tortdi, deyiladi hisobotda

Qarorgohi Nyu Yorkda joylashgan Ochiq jamiyat isntituti O‘zbekistonda korrupsiya muammosi tahlil etilgan hisobotni ochiqladi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qizi ishtirokidagi poraxo‘rlik janjali misolida korrupsiya muammosi bu mamlakat uchun jiddiy oqibatlarga olib kelayotgani tahlil etiladi.

Gulnora Karimova yirik telekom shirkatlaridan katta miqdorda pora undirgani bilan bog‘liq “xalqaro tergovlar O‘zbekistondagi korruptsiya va samarasiz boshqaruv amaliyoti muammosiga diqqat tortdi. O‘zbekistonda chuqur ildiz otgan korrupsiya iqtisodga ziyon yetkazmoqda, tengsizlikni yanada kuchaytirmoqda hamda davlat institutlari samarsiga putur etkazmoqda”, deyiladi hisobotda.

Korrupsiya, deya xulosa qiladi hujjat muallifi, bir tarafdan elitalar uchun boyish manbayi sifatida ishlatiladi, ikkinchi tomondan esa homiy-murid munosabatlariga asoslangan ierarxiya tizimida siyosiy nazoratni ushlab turish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Prezident qizi bilan bog‘liq janjalni xaspo‘shlash urinishi o‘laroq O‘zbekiston rasmiylari boshlaganini iddao qilgan tergovlar natijalari, sudga tortilgan shaxslar taqdiriga ma’lumotlar sir saqlanayotgani bu jarayonlar qattiq shubha ostiga olingan.

48 sahifalik hisobotda O‘zbekistonda korrupsiya amaliyoti tarixi sobiq sovet davriga taqalishi ham eslatiladi. Bunga 1980 yillarda paxtani qo‘shib yozish bilan bog‘liq janjal misol qilib keltiriladi.

XS
SM
MD
LG