Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:58

Qarz ustidagi janjalda sherigini o‘ldirgan o‘zbek muhojiri ustidan chiqarilgan hukm yumshatildi


28 yashar O‘zbekiston fuqarosi Timur Botirbekov ustidan Don shahar sudi 2 fevral kuni chiqargan hukmni ko‘rib chiqqan

Tulsk viloyat sudi 25 may kuni uni yumshatishga qaror qildi.

Rossiya Jinoyat Kodeksining 111-moddasi 4 bandiga ko‘ra¸ qasddan og‘ir tan jarohati tetkazish va ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lishda ayblangan Botirbekovga berilgan qattiq rejimdagi 10 yillik qamoq jazosi appelyatsiya mahkamasi tomonidan 9 yilu 10 oyga tushirildi.

Sud hujjatlarida qayd qilinishicha¸ o‘zbekistonlik muhojir o‘tgan yil 14 oktyabr kuni mast holatda o‘z sherigi uyiga kelib¸ undan qarzini talab qilgan. Orada chiqqan janjalda u qaychi bilan sherigining ko‘kragiga bir necha bor urgan va oqibatda jabrlanuvchi olgan jarohatlaridan kasalxonada jon bergan.

XS
SM
MD
LG