Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:19

Qrimda 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi soxta hujjat bilan qo‘lga olindi


Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim prokurori Natalьya Poklonskayaning TASS agentligiga bildirishicha¸ huquq tizimlari tomonidan ekstremizmga qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan reyd davomida 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Prokuror iddaosicha¸ hozirda politsiya bo‘limida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida qolishga oid hujjatlari qalbaki bo‘lib chiqqan.

Poklonskayaga ko‘ra¸ o‘zbekistonlik muhojirlarga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining "Noqonuniy migratsiya tashkil etish”ga oid moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan¸ ayni paytda ularga ish va boshpana bergan qrim tatarlari hibsga olinmagan.

Qrim prokurori respublika hududida noqonuniy migratsiyaga qarshi amaliyotlar olib borilayotganini ta’kidlayotgan ayni paytda¸ Rossiya tomonidan faoliyati taqiqlangan “Qrim tatarlari xalqi Majlisi” raisi o‘rinbosari Narimon Jelalov bugun Simferopoldagi qrim-tatarlar uyida tintuv o‘tkazilayotgani haqida xabar berdi.

XS
SM
MD
LG