Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:44

Rossiya “oziq-ovqat embargosi”ni 2017 yil oxirigacha uzaytirmoqchi


Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedov “oziq-ovqat embargosi”ni 2017 yil oxirigacha uzaytirish haqidagi taklifni tayyorlash bo‘yicha hukumatga topshiriq berdi. Bu haqda "Interfaks" agentligi xabar qildi.

Rossiya 2014 yilning avgustidan boshlab AQSh, Yevropa Ittifoqi, Kanada, Avstraliya va Norvegiyadan oziq-ovqat olib kelishni cheklab qo‘ygan.

O‘sha yili AQSh va Yevropa Ittifoqi Qrimning anneksiya qilinishiga qarshi Rossiyaga nisbatan sanktsiya joriy qilgan. Rossiyaning “oziq-ovqat embargosi” esa ushbu sanksiyalarga qarshi javob o‘laroq talqin qilingan edi.

O‘tgan yilning iyun oyida prezident Vladimir Putin Rossiyaga qarshi sanksiya qo‘llagan davlatlardan keladigan oziq-ovqatlarga qarshi taqiqni yana bir yilga uzaytirgan va buni “Rossiya havfsizligini ta’minlash” maqsadi bilan izohlagan edi.

XS
SM
MD
LG