Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:33

WHO: Ziko virusi bois Riodagi Olimpiadani ko‘chirishdan ma’no yo‘q


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti - WHO Zika epidemiyasi bois Rio-de-Janeyroda bo‘ladigan Yozgi Olimpiada o‘yinlarini boshqa joyga ko‘chirishdan ma’no yo‘qligini bildirdi.

- O‘yinlarni boshqa joyga ko‘chirish bilan Zika tarqalishini oldini olib bo‘ladimi? Yo‘q, albatta, - deb ta’kidladi tashkilot vakili Nika Aleksander.

Avvalroq, dunyodagi yuzdan ziyod olim Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga Rioda avgust oyida bo‘ladigan Olimpiyada o‘yinlarini xavfli kasallik epidemiyasi bois kechiktirish yoki boshqa joyga ko‘chirish talab etilgan ochiq xatni yo‘llagan edi.

Ziko epidemiyasi Braziliyada o‘tgan yili tarqala boshlagan edi.

Isitma, kon’yunktivit va bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaruvchi mazkur infeksiya allaqachon Karib orollari, Shimoliy va Janubiy Amerikaning 60 mamlakatida qayd qilingan.

Zika virusi minglab bolalarning rivojlanmay qolgan miya bilan tug‘ilishlariga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG